#Adliya_xabari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlandiya Adliya vazirligi va Kela faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari X. Meliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Finlyandiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 22-mart kuni Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Finlandiya Adliya vazirligining mas'ul xodimlari tomonidan vazirlikning norma ijodkorligi sohasidagi o‘rni va faoliyati, shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Suhbat davomida adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston va Finlandiya Adliya vazirliklari o‘rtasida o‘zaro keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Kunning ikkinchi yarmida delegasiya a'zolari Finlandiya Ijtimoiy sug‘urta instituti – Kelaga tashrif buyurishdi.
Kela — Finlandiya fuqarolarining barcha toifasiga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish markazi hisoblanadi.
Xizmat safari davom etmoqda.
@adliyangiliklari

Toshkent viloyati Chinoz tumanida mahalla raislari uchun Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Seminarda ishtirokchilarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi belgilab qo‘yilayotganligi haqida tushuntirish berildi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha Konstitutsiyamizda mazkur kafolatning belgilanishi mahallalarga o‘z hududini mustaqil boshqarish, aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida muammolarni hal etib borish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi farovonligini ta'minlashga muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.

Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlyandiya Milliy politsiya kengashi va “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishishdi
Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlyandiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 23-mart kuni Finlandiya Milliy politsiya kengashi tomonidan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berish, jumladan ID-karta va pasport rasmiylashtirish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Fuqarolarga ID-karta va pasport berish jarayonida Aholi registridan keng foydalanilishi, ushbu registrdan olingan ma'lumotlar yagona rasmiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
Xususan, bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab Aholi registrida ro‘yhatga olinib, unga o‘zgarmas shaxsiy raqam beriladi.
Ushbu registrda fuqaro haqida to‘liq ma'lumotlar, jumladan uning familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi, oila tarkibi, nikoh va ajrim ma'lumotlari, yashash manzili, fuqaroligi, ta'lim olganligi, kasbi, ko‘chmas mulklari va boshqa shaxsiy ma'lumotlari jamlanadi.
Aholi registri barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsiga oid yagona rasmiy manbaa hisoblanadi. Finlar davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas, shaxsiy identifikasiya raqamini aytishning o‘zi kifoya.
Kun davomida delegatsiya a'zolari Espoo shahridagi “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazining faoliyati bilan ham tanishishdi.
Ma'lumot uchun: “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazi bir joyda bir nechta davlat xizmatlarini, jumladan sog‘liqni saqlash markazi, kutubxona, onalik va bolalik klinikasi, shahar/munisipalitet xizmatlari, bandlik ma'lumotlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.

Savol: Patent egasining mutlaq huquqi qachondan amal qilishni boshlaydi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida" gi qonuniga ko‘ra patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran amalda deb hisoblanadi.
Savol: Patentning amal qilish muddati necha yil?
Javob: Vazirlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
Savol: Patent muddati qanday hollarda uzaytirilishi mumkin?
Javob: Patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan vazirlik tomonidan uzaytirilishi mumkin.
▪️Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
▪️Belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Chinoz tumanidagi 6-son maktabda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent viloyati Chinoz tumani 6-son maktabda pedagog xodimlar uchun konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning kafolatlangan tibbiy yordamga bo‘lgan huquqlari belgilanayotganligi va davlatning ta'limning barcha shakllariga g‘amxo‘rlik qilishi, inklyuziv ta'limni ta'minlashi, o‘qituvchining maqomiga oid normalar mustahkamlanayotganligi ta'kidlandi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Savol: Intervyuda mualliflik huquqining taqsimlanishi qanday?
Javob: Intervyuga boʻlgan mualliflik huquqi intervyu bergan shaxsga va intervyu olgan shaxsga, agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hammualliflar sifatida tegishlidir.
Intervyudan foydalanishga faqat intervyu bergan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Bugun Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimligi va keng jamoatchilik, OAV vakillari ishtirok etdi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi tuman adliya bo‘limi tarkibiga kiritilib, bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona tizimga aylantirildi. Aniqroq aytganda, yagona “Adliya uyi” shakllantirildi.
Bu esa huquqiy muammosi bor yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga 4 ta tuzilma xizmatidan “Bir darcha” tamoyili asosida, bir joyning o‘zida foydalanish imkonini beradi.
Endi tashrif buyuruvchilarga davlat xizmatlari keng, yorug‘ va shinam xonalarda, qulay sharoitda ko‘rsatib boriladi.
Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. Birgina davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 240 ga yaqin xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish burchagi tashkil qilingan. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari, shuningdek turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan.
Ushbu binoda tumandagi 200 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatilishi bilan birga eksterritorial tamoyil asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlardan tashrif buyurgan fuqarolar ham foydalanishlari mumkin.
Binoda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, har bir fuqaroga — alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.

#Ochiq_adliya
📢📢 Adliya JAMOATChILIKKA HISOBOT beradi!
Nima?
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2022-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.
Adliya vazirligi tomonidan mana to‘rtinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.
2023-yil ham bundan mustasno emas. Vazirlik rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga vazirlik bo‘ylab media tur tashkil etiladi.
⏳Qachon?
28-mart, soat 11.00 da
🏢 Qaerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5

Joriy yilning 25-mart kuni Yuqorichirchiq tumani “Sultonravod” MFY axolisiga Fuqarolik va Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudlarining sudyalari bilan hamkorlikda Konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
@adliyangiliklari
Joriy yilning 25-mart kuni Yuqorichirchiq tumani “Sultonravod” MFY axolisiga Fuqarolik va Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudlarining sudyalari bilan hamkorlikda Konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqari majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.