Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.
🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
📹 Yangiliklar 24 | Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi
@adliyangiliklari

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Adliya_xabari
⚡️18-19-20 HAMDA 22-MART KUNLARI “PRAVA” ALMASHTIRISHINGIZ MUMKIN.
Avvalroq maʼlum qilganimizdek, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi lozim:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
❗️Shu oʻrinda 2023-yil 31-mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010-yilgacha berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining koʻpligini hisobga olgan holda 18-19-20 hamda 22-mart kunlari DXM hamda IIBB YHXB boʻlimlari tomonidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni yaratildi.
Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta koʻrib chiqildi.
Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda DXMlar hamda IIBB YHXB boʻlimlari orqali haydovchilarimiz ertalab soat 9:00dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.
❗️Eslatib oʻtamiz, eski namunadagi “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) buyurtma berishingiz mumkin.
Hurmatli fuqarolar!
Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi.
❗️Sizlardan ham xizmatlardan foydalanishda tartibni saqlashingizni, navbatga rioya qilishingizni hamda oʻzaro hurmatni saqlab, sabrli boʻlishingizni soʻrab qolamiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 7, 33-maktablarda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 7, 33-maktablarda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi
Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21-mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

#Eslatma
🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:
🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)
📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Finlyandiyaga tashrif buyurdi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Finlyandiyaga tashrif buyurdi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani mahallalarida Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan tadbirlar davom ettirilmoqda
Shunday tadbirlarning navbatdagisi “Farovon”, “Jalob tepa”, “Qorasuv”, “Ma'rifat” va Axmad Yassaviy MFYlarda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi belgilanayotganligi qayd etildi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizda mazkur kafolatning belgilanishi mahallalarga o‘z hududini mustaqil boshqarish, aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida muammolarni hal etib borish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi farovonligini ta'minlashga muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadi, deya e'lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat'iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ladi.
Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur. Bunga ko‘ra, inson va davlat o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinadi.
Konstitutsiyada davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi mustahkamlanmoqda.
Qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga o‘z roziligisiz yuklatilishi mumkin emasligi qayd etilyaptiki, ushbu norma odamlar hayotini yanada yengillashtiradi.

#Adliya_teleloyiha #Live
Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanib efirga uzatilayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda chiqmoqda.
Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar
Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ul xodimlari sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.
Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.
❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

#Bilasizmi
🔰"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
▪️muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;
▪️huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;
▪️huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;
▪️zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;
▪️mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

#Diqqat_tanlov
Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kursiga tinglovchilarni saralab olish bo‘yicha ochiq tanlov e'lon qilinadi
👉Batafsil
@adliyangiliklarii

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlandiya Adliya vazirligi va Kela faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari X. Meliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Finlyandiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 22-mart kuni Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Finlandiya Adliya vazirligining mas'ul xodimlari tomonidan vazirlikning norma ijodkorligi sohasidagi o‘rni va faoliyati, shu jumladan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Suhbat davomida adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston va Finlandiya Adliya vazirliklari o‘rtasida o‘zaro keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Kunning ikkinchi yarmida delegasiya a'zolari Finlandiya Ijtimoiy sug‘urta instituti – Kelaga tashrif buyurishdi.
Kela — Finlandiya fuqarolarining barcha toifasiga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish markazi hisoblanadi.
Xizmat safari davom etmoqda.