ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

• 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
• 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
• 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
• 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

‼️Eski
“prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) buyurtma berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
​#Adliyadan_javob

❓Qaysi toifadagi shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi?

— Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
▪️keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
▪️maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilari.

Dehqon xo‘jaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
1️⃣ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
2️⃣ IV reyting guruhiga kiritilgan, ta’lim muassasalarida o‘qiydigan va konsert-tomosha faoliyatida ishtirok etish huquqini birinchi marta olayotgan ijrochilar mazkur ta’lim muassasasida o‘qish muddati davomida, lekin konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan sanadan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat bojini to‘lamaydi (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda).

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojini to‘lovchi pensionerlar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Davlat xizmatlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishda davlat boji undirishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

— Har qanday davlat xizmatini olish, shu jumladan litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat ko‘rsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda kimlar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi?

— Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) xalq ta’limi organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o‘quv yurtlariga yuborish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;

2) jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‘zgartirilgan hollarida, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;

3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;

4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;

5) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Faoliyatning alohida turlarini amalga oshirishga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

— Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan jismoniy shaxslar davlat bojini o‘ziga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda to‘laydi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini har bir ijrochi uchun unga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda to‘laydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
📢Hurmatli fuqarolar!

Ma'lumki, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni rasmiylashtirishda zarur hujjat va ma'lumotlar "yagona darcha" tamoyili asosida tegishli idora va tashkilotlardan elektron tarzda olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganligi sababli, notariuslar tomonidan ushbu axborot tizimidan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ma'lumotlarni olish imkoniyati cheklanmoqda.

Shu munosabat bilan, avtomototransport vositalari bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

✅Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Forwarded from Sevara Urinbayeva
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan uchrashdi

2023-yil 13-mart
kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari F.Tyurk mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev, Adliya vaziri A.Toshqulov va Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida demokratik yangilanishlar yo‘lidan odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimizni rozi qilish, inson qadrini ta’minlashga qaratilgan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari sohasida samarali davlat siyosatini yuritishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi alohida o‘rin tutadi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan muloqot asnosida ushbu tizimning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtirokiga daxldor masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.
#Yangi_Konstitutsiya

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

📥 Yuklab olish
_____________

#Новая_Конституция

С текстом проекта Конституционного Закона Республики Узбекистан «О Конституции Республики Узбекистан» можно ознакомиться на сайте meningkonstitutsiyam.uz.

📥 Скачать

@adliyangiliklari
#Diqqat_kontrafakt

Siz ko‘rib turgan tasvirda mashhur brendlarning originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.

Mahsulotlar nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt — bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.

Eslatma! Kontrafakt mahsulot sotganlik hamda tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg‘itganlik uchun javobgarlik belgilangan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📹 Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing: davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar

@adliyangiliklari
📄Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov "O‘zarxiv" agentligida bo'ldi.

📄"O‘zarxiv" agentligi direktori sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va 2023-yilga belgilab olingan vazifalar bo‘yicha axborot berdi.

📄Shu bilan birga O‘zbekiston Milliy arxivida hujjatlarni saqlanishi, raqamlanishi jarayonlari bilan, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan vazir yaqindan tanishdi. Tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📄Ma'lumot uchun, 2023-yi 25-yanvardan "O‘zarxiv" agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuriga o'tkazilgan.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
#Bir_murojaat_izidan

Adliya vazirligiga “A.M.A.” MChJ ga tegishli “JETOUR” tovar belgisidan fuqaro Sh. B. F. tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida tovar belgisidan fuqaro Sh.B.F. tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotganlik holati aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida fuqaro Sh.B.F.ning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi, fuqaro tomonidan o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilgan deb topdi. Sudning qarori bilan fuqaro Sh.B.F.ga belgilangan tartibda jarima jazosi tayinlandi.

@adliyangiliklari