ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryoda aholining huquqiy muammolari o'rganilmoqda

Sayxunobod tumani “Shodlik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul xalq bilan muloqot uchun asos bo‘ldi. Muloqot davomida ishga joylashish, kredit olish, tibbiy ko‘rik, pensiya ta’minoti va boshqa masalalarda o‘ttizga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi taklif etilmoqda

Batafsil 👉 https://uza.uz/posts/458360

@adliyangiliklari
Adliya vaziri: Adliya vazirligi — so‘z erkinligiga qarshi emas, u huquqlar himoyasi uchun kurashadi.

Adliya vazirligi e'lon qilgan shaxslarni haqorat qilish, tuhmat va yolg‘on ma'lumot tarqatishning huquqiy oqibatlari haqidagi eslatmalariga ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan "Adliya vazirligi so‘z erkinligiga qarshi chiqyapti" degan mazmunda fikrlar bildirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi sifatida ushbu mavzuda quyidagilarni ma'lum qilaman.

So‘z erkinligi har bir shaxsning Konstitusiyada belgilab qo‘yilgan huquqidir. Adliya vazirligi uchun qonunlarda belgilab qo‘yilgan har bir huquq oliy qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, so‘z erkinligini ham biz muhim hisoblaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Huqushunoslikda “Sizning huquqlaringiz boshqa shaxsning huquqlari boshlangan joyda tugaydi” degan oltin qoida bor. Bu qoida, barcha insonlar teng huquqliligi, fuqarolar o‘zgalar huquqini hurmat qilishi va buzmasligi kabi jamiyatda muvozanatni saqlash uchun muhim bo‘lgan tamoyillar asosida shakllangan.

Albatta, so‘z erkinligiga har bir insonning eng muhim va ajralmas tabiiy huquqi hisoblanar ekan, ayni paytda bu huquq ham hech kimga boshqa bir shaxsni (u qanday inson bo‘lishidan qat'i nazar (!) haqorat qilish, unga tuhmat qilish yoki shaxsni sharmanda qiladigan yoxud yolg‘on ma'lumotlar tarqatish vakolatini bermaydi. Hech qaysi davlatda bunaqa huquq yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Xususan, feyk akkauntlardan yolg‘on, tuhmat, haqoratli ma'lumotlarni tarqatib, menga hech narsa bo‘lmaydi, deb o‘ylashlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Bu huquqiy-demokratik davlat qurish g‘oyalariga zid ekanini faollarimiz ham tushunishadi deb ishonaman.

Adliya vazirligi jamoasi so‘z erkinligi, ochiqlik va shafofflikni adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi eng muhim qadriyat deb biladi. Bu borada barcha ommaviy axborot vositalari vakillari va faollar bilan yaqindan xamkorlik qilishni davom ettiramiz.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📣📣Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligining 1008 — “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda tegishli mutaxasislar tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida ma'lum qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Vorislik huquqi” tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida sovrinli tanlov tashkil qilingan edi.

Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etgan 3 mingga yaqin (56 foizi – erkaklar, 44 foizi – ayollar) qatnashchilar orasidan savollarga qisqa vaqt ichida eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan 30 nafar ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlanib, ularning ijodiy savolga javoblari baholangan.

Ijodiy savolga qo‘yilgan baholar natijalariga ko‘ra 11 nafar ishtirokchi 28-fevral kuni tanlovning yakuniy bosqichida qatnashdi.

Final bosqichi natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin (noutbuk) – Azizbek Asadov;
2-o‘rin (televizor) – Ruslan Samadov;
3-o‘rin (planshet) – Munisa Shodmonova.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, o‘z huquqiy savodxonligini oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish foydali.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda

Tashrif doirasida Guliston shahrida "Huquqiy axborot kuni" hamda Sirdaryo tumanida yoshlar bilan muloqot tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navbatdagi sayyor qabul Chiroqchida

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida adliya vaziri o'rinbosari A.Muxammadiyev ishtirokida sayyor qabul davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Chiroqchi tumanining "Jar” mahalla fuqarolar yig'nida o‘tkazilmoqda. Mahallada aholi soni 5843 nafarni tashkil qiladi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanadigan bu mahallada ham muammolar yetarli.

Sayyor qabul davomida 100 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishmoqda. Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib joyida tegishli tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilib, oʼrganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga olinmoqda.

Respublika ishchi guruhning o‘rganishlari viloyat bo‘ylab davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_infografika

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

SHAHRISABZ TUMANIDA FUQAROLAR BILAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

Qashqadaryo viloyatida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya vaziri o'rinbosari A. Muxammadiyev tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi qabul Shahrisabz tumanida tashkil etildi. Tadbirda asosan kelib tushayotgan ijtimoiy ko'mak, bandlik va tibbiy yordam masalalari hamda "Yoshlar daftari", “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak berish masalasiga alohida urg‘u berildi.

Sayyor qabulda 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 25 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 2 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan 13 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

Jumladan, "Qo'shqanot" mahallasida yashovchi Ozoda Isroilova "Kadiologiya" markaziga davolanish uchun order so'rab murojaat qildi."Paxtazor" mahallasida yashovchi fuqaro Aziza Po'latova esa o'g'lining shartnoma to'lovini to'lab berishda amaliy yordam berishni so'radi.

Jarayonda aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, pensiya va nafaqa tayinlash, bolalar puli, moddiy yordam va ipoteka krediti uchun subsidiya olish tartibi, shuningdek, mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaatlar bo'ldi.

Shuningdek, sayyor qabulda FHDY xodimlari, notariuslar tomonidan aholini ushbu yo‘nalishlardagi murojaatlariga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Shu kuni 6 nafar fuqaroga ta'lim uchun tafsiyanoma va 4 nafar fuqaroga davolanish uchun orderlar topshirildi.

@adliyangiliklari