ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Foydali

❓Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?

❗️Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.

E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.

👉To’liq ro’yxat

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

❓Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

👶 Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYga borish shart emas

✅Hukumatning 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga asosan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etildi.

📝Endilikda bola tugʻilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan:
bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDY boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

📤FHDY boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

📰Tibbiyot muassasalari ushbu maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

⚡️Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🏛Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma: Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDY boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.

❕Maʼlumot uchun: Yangi tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Notariuslar tomonidan 2022 yilda 5 393 775 ta notarial harakat amalga oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Eslatma

⚡️2010-yilgacha olingan "prava"ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▪️ 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;
▪️2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;
▪️2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrgacha;
▪️2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotni o‘rtoqlashishni unutmang!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYga borish shart emas

Xabaringiz bor, 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY bo'limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tug'ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni, jumladan, bola ro'yxatga qo'yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo'limi, navbatga qo'yiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti haqidagi ma'lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDY bo'limiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDY bo'limi tug'ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan tug'ilganlik haqidagi ma'lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari ma'lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu ma'lumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.

Tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY bo'limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

‼️Otalik belgilash va yolg'iz ona arizasiga asosan tug'ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug'ilishini qayd etishda bevosita FHDY bo'limiga murojaat qilinishi lozim.

⚠️ Ma'lumot uchun: mazkur tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
______________

#Сообщение_юстиции

❗️Не обязательно обращаться ЗАГС для получения свидетельства о рождении

С 1 января 2023 года
в городе Ташкенте введен порядок регистрации рождаемости в отделах ЗАГСа через медицинские учреждения.

Теперь при рождении ребенка медицинское учреждение заносит в специальный электронный бланк и автоматически направляет в ЗАГС через информационную систему сведения о нем и его родителях, в том числе о поликлинике и отделении внутренних дел, где ребенок будет поставлен на учет, о государственной дошкольной образовательной организации, где он будет поставлен на очередь.

ЗАГС регистрирует рождение и направляет в медицинское учреждение справку о рождении с QR-кодом (матричный штрих-код).

Медицинские учреждения предоставляют родителям ребенка справку.

Эта справка приравнивается к гербовому свидетельству о рождении и отказ в ее приеме государственными органами и организациями запрещается.

Гербовое свидетельство о рождении выдается отделами ЗАГС на основании обращений граждан в любое время согласно экстерриториальному принципу.

‼️При регистрации рождения на основании заявления об установлении отцовства и заявления матери-одиночки, а также при регистрации рождения найденного (брошенного) ребенка необходимо обращаться непосредственно в отдел ЗАГС.

⚠️ Для справки: данный порядок будет введен на всей территории республики с 1 июня 2023 года.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Navbatdagi kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari belgilangan tartibda yoʻq qilindi

"ASFARMA SAVDO" MChJga
tegishli "LOROBEN" tovar belgisidan (MGU 15871 son guvohnoma) "FF" MChJ tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holati aniqlandi.

Ushbu holatda kontrafakt dori mahsuloti qadogʻidagi “LOR-BEN” soʻzi "ASFARMA SAVDO" MChJga tegishli "LOROBEN" tovar belgisiga tasviriy jihatdan umumiy ko‘rish taassurotlar asosida iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshashdir.

Mazkur huquqbuzarlik holatini bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “FF” MChJ rahbariga nisbatan taqdimnoma kiritildi.

Natijada kontrafakt yorliqlar tayyorlagan firma mansabdor shaxslari mazkur harakatlari qonunga zid ekanligi va zararli oqibatlari mavjudligini tushungan holda oʻzi tayyorlagan kontrafakt mahsulotlarning yorliqlarini belgilangan tartibda yoʻq qildi.

@adliyangiliklari
#Xorijiy_matbuot_sharhi

Oʻzbekistonda mualliflik huquqi sohasidagi oʻzgarishlar Yevropa Ittifoqi ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Yevropa Ittifoqining ilgʻor “EU Reporter” siyosiy yangiliklar platformasida “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?” sarlavhasida 👉maqola chop etildi.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda mualliflik huquqi sohasida ilgari amaliyotda qoʻllanilmagan, jahon talablariga mos keladigan himoya mexanizmlarining yaratilayotgani hamda qonunchilikdagi yangi oʻzgarishlarning joriy etilayotgani alohida qayd etilgan.

Havola

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazida bir kun: ekspertlar faoliyatiga ichkaridan nazar

Batafsil
👉 https://www.youtube.com/watch?v=GlKKGEwFlhM&t=41s

@adliyangiliklari
Forwarded from Xalqaro press klub
💥💥💥Xalqaro press-klub @IPCUzbekistan kanali orqali dastlabki audiopodkastini o‘tkazadi.

🔊Audiopodkast 24-yanvar kuni soat 18:30 da “Maʼmuriy islohotlar: qisqargan va tugatilgan tashkilotlar xodimlarining taqdiri nima boʻladi?” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🔔Ovozli chatimizda Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ekspertlari ishtirok etadilar.

📝Audiopodkastimizda faol qatnashing. Mavzu yuzasidan savollaringizni quyidagi manzilga yuboring!👇

📨 https://t.me/xalqaropressklubbot

@IPCUzbekistan
@ipc_live
#Adliya_aralashgach

HAMSHIRA UCHUN ADOLAT QAROR TOPDI

Olesiya Jarkinbayeva Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi. Bir necha yilgan buyon shu yerda faoliyat yuritib kelmoqda. Ammo u o‘z ish joyida adlolatsizlikka uchragan. Fuqaro tuman adliya bo‘limiga hamkasblariga to‘lab berilayotgan ustamalar unga nisbatan qo‘llanilmaganidan shikoyat qilib murojaat qildi...

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_kontrafakt

Adliya vazirligi iste'molchilarni kontrafakt dori vositalaridan ogohlikka chaqiradi!

Mazkur tasvirda mashhur "КЮПЕН" dori vositasi va uning "КЮФФЕМ ПЛЮС" kontrafakt nusxasi keltirilgan.

Ko‘rib turganingizdek, kontrafakt dori vositasi fonetik va talaffuz jihatdan original dori vositasiga chalg‘itish darajasida juda o‘xshash. Ya'ni, birinchi marta eshitgan xaridor ushbu dori vositalarini bir xil deb oʻylashi mumkin.

☝️Asl mahsulot egasining murojaatiga asosan kontrafakt dori vositasini ishlab chiqargan tadbirkor tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.

@adliyangiliklari
📢📢 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 30 va 31-yanvar kunlari xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni hamda davlat notarial idoralari notariuslari lavozimiga tanlov o‘tkaziladi.

Jarayonlar soat 10:00 dan boshlab Adliya vazirligining veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

✅Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Muhim

📣📣 Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga! Shoshiling 6 kun muddat qoldi!

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni 2023-yil 1-fevralidan kechiktirmay e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim qilishingiz so‘raladi:
▫️NNTlar uchun 👉 https://lex.uz/docs/3796969
▫️diniy tashkilotar uchun👉
https://lex.uz/docs/4089832

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 239-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

💻e-ngo.uz portali

📹 Hisobotni to‘ldirish yuzasidan 👉video qo‘llanma bilan batafsil tanishing

@adliyangiliklari