ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing

Xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi bo‘yicha ma'lumot.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

ADLIYA YORDAMIDA FUQAROGA 613 MILLION 646 MING SO‘M KOMPENSATSIYA UNDIRILADIGAN BO‘LDI

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro X.B.ning murojaati o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Pastdarg‘om tuman hokimining 2018-yil 7-martdagi 978-Q-sonli qaroriga asosan fuqaro X.B.ga tumanning Juma shahar Furqat mahallasi hududidan tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan 0.44 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ammo Pastdarg‘om tuman hokimining 2021-yil 23-iyundagi 908-Q-sonli qarori bilan tuman hokimining yuqorida qayd etilgan qaroriga o‘zgartirish kiritilib, fuqaroga ajratilgan 0,44 gektar yer maydonining 0,24 gektar qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin.

Ushbu qutlug‘ damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Poytaxt_adliya
#Diqqat_e'lon!

⚡️Hurmatli fuqarolar! Mirobod tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Mirobod tumani FHDY bo‘limi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.

🙏🏻 Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan.

✅ Shunga ko‘ra, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, oʻzgarishlar roʻy berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Sovrinli_viktorina

Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan “Sovrinli viktorina” o‘tkaziladi.

⏳ Viktorina 2023-yil 17-yanvar kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!

Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) to‘g‘ri javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘olib Youtube-kanalida tasodifiy g‘olibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.

G‘olib ishtirokchi 10 ta eng muhim huquqiy kitob bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda tug‘ilgan bolaga "MBAPPE" deb ism qo‘yilganligi haqida fotoxabarlar tarqatilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilganda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar yolg‘on ekanligi, bolaga bunday ism qo‘yilmaganligi aniqlandi.

Ma'lumot tariqasida, bolaga ism uning kelgusidagi manfaatlaridan kelib chiqqan holda beriladi, kelgusida uning sha'ni va qadriga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

@adliyangiliklari
4️⃣4️⃣4️⃣ • TDYUda bakalavriat kunduzgi ta’lim talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari 23-yanvardan boshlanadi

Hurmatli Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari!

❄️ Barchamiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turganimizdek, mamlakatimiz hududida anomal sovuq havo hamon saqlanib qolmoqda.

📉 Ayni paytga qadar ko‘pchilik talabalar tomonidan bunday ob-havo sharoitida imtihonlarni tashkil etish ularning davomatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi va talabalarga jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi ma’lum qilinib, yakuniy nazorat imtihonlarini 2023-yilning 23-yanvaridan boshlash bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

📊 Universitet rahbariyati tomonidan ushbu murojaatlar va kuzatilayotgan holatni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida yakuniy nazorat imtihonlarini 2023-yilning 23-yanvaridan boshlash to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

👩‍💻👨‍💻 O‘tkazilgan so‘rovnomada yakuniy nazorat imtihonlarini 2023-yilning 23-yanvaridan boshlash to‘grisidagi taklif ko‘pchilik talabalar tomonidan ma’qullandi.

👉 Ko‘pchilik talabalarning murojaati va so‘rovnoma natijalarini inobatga olgan holda sizga quyidagilarni ma’lum qilamiz:

✅ 2022/2023-o‘quv yili kuzgi semestri bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari bakalavriat kunduzgi ta’lim talabalari uchun 23-yanvardan, magistratura talabalari uchun 18-yanvardan boshlanadi;

✅ sirtqi talim shaklida o‘qiydigan talabalar va 1-kurs kunduzgi talimda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi;

✅ 18-yanvardan 23-yanvarga qadar jadval asosida professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarga yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorlanish boʻyicha onlayn konsultatsiyalar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultet dekanatlari va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“E-qaror” tizimida ilk buyruq Adliya vazirligi tomonidan qabul qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_nazorati

VILOYATDAGI TEXNIKUM, KOLLEJ, KASB-HUNAR VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA ISH YURITISH QONUN DOIRASIDAMI?

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi mavjud texnikumlar, kollejlar, kasb-hunar va ixtisoslashtirilgan maktablarda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni, “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom hamda Mehnat kodeksi talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari