ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

2022-yilda Adliya vazirligi tomonidan qo‘llanilgan ta'sir choralari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar

@adliyangiliklari
​#intellektual_mulk

Muallif vafoti uning mualliflik huquqi tugashini anglatmaydi
 
Ma’lumki, mamlakatimizda mualliflik huquqlarini tartibga soluvchi tegishli qonunga muvofiq muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘lib o‘tadi va merosxo‘rlar mualliflarning huquqlarni himoya qilishga haqli hisoblanadi.

Xususan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri F.Xoshimov muallifning asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida adliya organlariga murojaat qildi.

O‘z navbatida adliya organlari tomonidan O‘.Hoshimov asarlaridan merosxo‘rning ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan mamuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli sud tomonidan jarima jazosini tayinlandi.

Bundan tashqari qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Shunga muvofiq davogar F.Xoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan. Natijada sud davogar F.Xoshimov foydasiga “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan 12 million 500 ming so‘m miqdorda tovon puli to‘lash lozimligi haqida qaror qabul qilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

2022-yilda Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan asosiy ko‘rsatkichlar.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Bu_muhim

🔅Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

🔹OneID
tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);

🔹Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);

🔹elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʼyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;

🔹foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;

🔹foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xoʼjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;

🔹qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

📌Batafsil 👉🏻https://minjust.uz/uz/press-center/news/104218/

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida bir nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 30-dekabrdagi 23-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Qodirova (litsenziya AN 0018, 20.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 31-dekabr kunidan 2023-yil 31-yanvar kuniga qadar 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#OAV_diqqat_markazida

O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

Qozog‘istonning mashhur “Infozakon” jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mamlakatimizda intellektual mulkni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada, O‘zbekistonda intellektual mulkka hurmat tuyg‘usi shakllanayotgani, sohaning huquqiy himoyasi har tomonlama ta’minlanayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, “Intellektual mulkni rivojlantirishga intilayotgan har bir jamiyat uning huquqiy himoyasini ta’minlashi shart. Sababi, intellektual mulkni rivojlantirish mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarning kalitidir.”, — deya xulosa qiladi nashr.

@adliyangiliklari
Отчёт о деятельности ННО и религиозных организаций 2023

Срок сдачи отчета - до 31 января 2023 года
(за период с 01.01.2022 по 31.12.2022).

Способы предоставления отчета:
Предоставление отчета осуществляется через сайт e-ngo.uz в электронном виде, путем отправки на электронную почту соответствующего органа юстиции или в бумажном виде.

📩 Электронная почта соответствующих органов юстиции: здесь.

Электронная почта Министерства юстиции: info@adliya.uz

‼️ Обратите внимание: все детали в отчете проверяются сотрудниками юстиции. За недостоверную информацию, представленную в отчете, законодательством предусмотрена ответственность.

В случае предоставления отчета, но не обнаружении его при вводе номера заявления, необходимо обратиться в орган юстиции для проверки личного кабинета.

Если отчет был предоставлен, но уже давно находится в процессе рассмотрения, это означает, что Ваш отчет находится на рассмотрении органа юстиции. Изучение информации по каждому отчёту -довольно трудоемкий процесс. При возникновении каких-либо вопросов по поводу Вашего отчета, сотрудники юстиции сами свяжутся с Вами. Следовательно, в своем отчете необходимо указать действующие рабочие номера телефонов и адрес электронной почты.

Формы отчета:
▪️Для негосударственных некоммерческих организаций: здесь.
▪️Для религиозных организаций: здесь.

Примечание: В соответствии со статьей 239 Кодекса об административной ответственности, непредставление, несвоевременное представление или представление по неустановленной форме негосударственными некоммерческими организациями регистрирующему органу отчетов о своей деятельности, представление ими заведомо недостоверных сведений о своей деятельности, а равно непредставление негосударственными некоммерческими организациями информации, в том числе подтверждающих документов об использовании ими имущества и денежных средств—влечет наложение штрафа на должностных лиц от пятнадцати до тридцати базовых расчетных величин (от 4.5 млн. до 9 млн. сум)

Перед подачей заявки рекомендуется сделать скриншот номера заявки и первой страницы. В случае если заявка не будет обнаружена, наличие скриншота послужит фактом защиты при возможном привлечении к ответственности.

ОБЯЗАТЕЛЬНО! Необходимо записать номер заявки.

@adliyangiliklari
NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to'g'risidagi hisobot 2023

Hisobot topshirish davri 31-yanvar 2023-yilgacha (01.01.2022-31.12.2022-yilgi davr uchun).

Hisobot topshirish usullari:
Hisobotni topshirish e-ngo orqali elektron tarzda, tegishli adliya organining elektron pochtasiga yoki qog'oz shaklda yuborish orqali amalga oshiriladi.

📩Tegishli adliya organining elektron pochta manzillari:
havolani bosing.

Adliya vazirligining elektron pochtasi: info@adliya.uz

Ahamiyat bering: hisobotdagi barcha detallar xodimlar tomonidan tekshiriladi. Hisobotda noto'g'ri berilgan ma'lumot uchun qonunchilikda javobgarlik ko'zda tutilgan.

Hisobot topshirilgan, ammo ariza raqami kiritilganda ko'rinmagan taqdirda, shaxsiy kabinetni tekshirib berishlari uchun adliya organiga murojaat qilish lozim.

Hisobot topshirilgan, ammo anchadan beri ko'rib chiqish jarayonida bo'lsa, demak hisobotingiz adliya organi tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Barcha hisobotlarni har bir ma'lumotini o'rganib chiqish ancha vaqtni talab etadigan jarayon. Agar hisobotingiz yuzasidan qandaydir savol bo'lsa, adliya xodimlari o'zlari Siz bilan bog'lanishadi. Shuning uchun, hisobotingizga albatta ishlaydigan telefon raqamlarni va elektron pochta manzilini kiritishingiz lozim.

Hisobot shakllari:
▪️Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun: havolani bosing.
▪️Diniy tashkilotlar uchun: havolani bosing.

‼️Eslatma: Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga asosan, NNT o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o'z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilangab shaklda taqdim etishi, o'z faoliyati to'g'risida bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etishi mansabdor shaxslarga bazaviy xisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha (4.5 mlndan 9 mln so'mgacha) miqdorda jarima solinishga sabab bo'ladi.

Arizani jo'natishdan oldin, ariza raqamini va birinchi betni skrinshot qilib olish tavsiya etiladi. Ariza ko'rinmagan taqdirda, ushbu fakt javobgarlikka tortilishdan himoya vositasi bo'lishi mumkin.

Ariza raqamini yozib olish shart.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligining yil sarhisobi e'lon qilindi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva vazirlikning 2022-yilda amalga oshirgan ishlari haqida ma'lumot berdi.

2022-yilda vazirlik tomonidan 233 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi. Shundan Qonun loyihasi – 79 ta, Prezident hujjatlari – 40 ta, Hukumat qarorlari – 78 ta, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar – 36 ta.

Vazirlikka yil davomida jami 131,5 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 110,4 mingtasi, ya'ni 84 foizi qonuniy hal etildi.

Vazirlik tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 52 003 ta taqdimnoma kiritildi. 10 486 nafar shaxs ma'muriy, 22 146 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 579 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan joylarda “Sayyor qabul” oʻtkazildi. 14 ta hududda boʻlib oʻtgan muloqotlarda 250 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish barobarida ularga qulayliklar yaratish va sohaga oid yangiliklardan boxabar qilish maqsadida ochiq muloqot hamda uchrashuvlar tashkil etilib, fuqarolarning dardi-tashvishlari tinglanib, tegishliligi boʻyicha bartaraf etish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi bo‘yicha reytingi tuzildi.

Adliya vazirligi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

@adliyangiliklari
Общественный совет по развитию информационной сферы и массовых коммуникаций при Олий Мажлисе Республики Узбекистан составил Рейтинг цитируемости органов государственной власти и управления Республики Узбекистан в национальных СМИ.

В рейтинге первое место занимает Министерство юстиции.

@adliyangiliklari
#Muhim

Nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobot taqdim etadi.

Bugun, 7-yanvar kuni soat 16:00 da “NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobot 2023" mavzusida “On-line” muloqot bo‘lib o‘tadi.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Eslatma

🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)

📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_online

Nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobot taqdim etadi.

“NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobot 2023"
mavzusida “On-line” muloqot davom etmoqda.

👉Onlayn translyatsiya

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari