ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

700 nafardan ortiq xodimning ta'til pullari to'lab berildi

Joriy yilning noyabr oyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklaru
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va tilshunos olimlar hamkorligida “Ismlar” elektron lug‘ati va mobil ilovasi yaratilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​​​#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro forumida ishtirok etdi

Ayni vaqtda Adliya vazirligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida 2022-yilning 15-dekabr kuni adliya vaziri A.Toshqulov Baku shahrida tashkil etilgan “Ilg‘or boshqaruv sari yo‘l: bir darchadan kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatishga o‘tish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Xalqaro forumda AQSH, Avstraliya, Gruziya, Indoneziya, Marokash, Moldova Respublikasi, Uganda Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi va boshqa davlatlardan martabali mehmonlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Forumda adliya vaziri A.Toshqulov nutqi bilan chiqdi hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida erishilgan yutuqlar hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotganligi haqida gapirdi.

Ayniqsa so‘ngi yillarda O‘zbekistonda ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan ijobiy natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi hamda ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtirilib, byurokratiya keskin kamaytirilgani va korrupsiyaga yoʻl ochib beruvchi jarayonlar bartaraf etilganligi borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar bilan Forum ishtirokchilarini tanishtirdi.

Forum yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollariga asoslantirilgan javoblarni oldilar.

Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish jarayonlarini zamonaviy tendensiyalar orqali takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” MHAM vakillarining Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutiga tashrifi davomida hamkorlik shartnomasi imzolandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari