ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xalqaro ekspertlar bilan birgalikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Аdliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida ikkinchi marotaba “Idrok” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Asosiy maqsad: ilmga chanqoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish, intellektual o‘yin orqali yoshlarni dunyoqarashi va fikrlashini oshirishdan iboratdir.

Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha qonunchilikka taklif hamda umumiy, huquqiy, qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Shiddatli va murosasiz o‘tgan final bosqichi natijalariga ko‘ra:
🥇Farg’ona viloyati yoshlari 1-o‘rin,
🥈Navoiy viloyati yoshlari 2-o‘rin,
🥉 Namangan viloyati yoshlari esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va o‘yin ishtirokchilari tegishlicha pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
#Diqqat

❗️OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

15-dekabr kuni soat 11:00da
“Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish jarayonlarini zamonaviy tendensiyalar orqali takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumanida Siz o‘zingizni qiziqtirgan har qanday savolga javob topishingiz mumkin.

Manzil: Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti binosi (Shayxontohur tumani, Xadra 33. Mo'ljal: AOKA binosi).

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q, bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir, deydi dunyo tanigan mashhurlar. Ancha ommalashgan, davlat darajasi e’tiboridagi «Zakovat» intelektual o‘yini Xatirchi tumani yosh bilimdonlarini respublika miqyosida tanitsa ajabmas. Boisi, mazkur hududda yoshlar faoliyati 5 tashabbus doirasida o‘rganilmoqda.

Tashkil etilgan «Zakovat» intelektual o‘yini orqali xatirchilik yoshlarning eng bilimdoni va eng salohiyatlisi aynan mahallalardagi uyushmagan yoshlar orasidan aniqlandi. Bu gal «Zakovat» intelektual uyini tashabbuskori Navoiy viloyat adliya boshqarmasi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroning farzandiga imtiyoz qo‘llanildi

Ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (19-bandi 2-qismi) ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga joylashtirilishida ota-onalar to‘lovidan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan. Biroq, mazkur qonun talabini chetlab o‘tayotgan mas'ullar hali hanuz uchramoqda.

Payariq tumanining “Ernazarqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi fuqaro Z.A. aynan shunday muammoga duch keldi. Uning holati kunday ravshan bo‘lsa-da, bog‘cha yoshidagi farzandi tumandagi 39-DMTTga imtiyoz asosida qabul qilinmadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

700 nafardan ortiq xodimning ta'til pullari to'lab berildi

Joriy yilning noyabr oyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklaru