ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“O‘zbеkiston xalqaro rеyting va indеkslarda: siyosiy-huquqiy soha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkasida koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurib noturar joy qismiga Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi binosini joylashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Eslatma

Intellektual mulk obyektini muhofaza qiluvchi GUVOHNOMA va PATENT tushunchasi nimani anglatadi?

👉Guvohnoma va patent — intellektual mulk obyekti ma'lum bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi yuridik kuchga ega hujjat.

Bu hujjatlar orasidagi farq faqat obyekt turida hisoblanadi.

Masalan, tovar belgisini huquqiy muhofazalovchi hujjat guvohnoma bo‘lsa, ixtiro uchun muhofaza hujjati patent hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy targ‘ibot a'lochilari aniqlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya a'lochilari e'tirof etildi!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya — farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolati!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹E’TIBOR VA E’TIROF

Navoiy viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatolgan bir guruh xodimlar alohida e’tirof etildi.

Viloyat adliya boshqarmasi, yuridik texnikumi, notarius, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat filiali vakillaridan jami 18 nafar xodim "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni, Navoiy viloyat FHDY arxivi mudirasi M. Qo‘ldosheva "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni, adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi D. Kattayeva “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, adliya vaziri faxriy yorlig‘i, adliya boshqarmasi boshlig‘ininng tashakkurnoma va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Tabiiyki, sizda parfyumeriya, ayerozol, odekolon va shu kabi ifor tarqatadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hidlarni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsa kerak degan fikr keldi.

❗️Biroq unday emas. Hidni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda asosiy talab, avvalo, mahsulotning asosiy vazifasi ifor taratish bo‘lmasligi lozim. Mahsulot boshqa vazifani bajarishi hamda undan taraladigan ifor uning qo‘shimcha xususiyati hisoblanishi kerak.

Xorijiy davlatlar amaliyotida ip tolasining hidini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga erishilgan. Ip tolasi tikuvchilik va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi va u hid taratish vazifasini bajarmaydi. Hidli paypoqlar aynan shu ip tolasidan tikiladi va undan yaratilgan mahsulotlarning hidi o‘sha ip tolasini eslatadi.

@adliyangiliklari