ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonda ijtimoiy himoya” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokidagi davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔻“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi.
U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli.

🔻Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham.

❗️Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

⚡️Firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha audio podkast boshlandi

Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan firibgarlikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

🎙Dastur doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida:

▫️firibgarlik, uning yangicha turlari;
▫️onlayn firibgarlik ko‘payishiga imkon yaratayotgan omillar;
▫️firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik choralari haqida audio podkast tashkil etildi.

Suhbat spikerlari: Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Click kompaniyasi mas'ul xodimlari.

⏰ Ovozli chat “Huquqiy axborot” Telegram kanalida bo‘lib o‘tmoqda.

📥 Savollaringizni ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

"NAVOIYURAN" DAVLAT KORXONASIDA 7000 NAFARDAN ORTIQ XODIMLAR MOBIL-ID TIZIMIGA IDENTIFIKATSIYA QILINMOQDA

Maʼlumki, respubikada 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.

Mobil-ID tizimi — fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno. Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan barcha aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Mazkur jarayon joylardagi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining huquqiy va amaliy koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda. Karmana tumani adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Navoiy kon-metallurgiya konbinati xodimlari mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Yillik asosiy ta'til muddati 21 kalendar kun etib belgilanmoqda

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Yashil_makon

Navoiy viloyat yuridik texnikumi hududida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. 

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
⚡️"Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖Umid Saydakhmedov, y.f.f.d.,dotsent, Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi;

➖Nurillo Imomov - Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, y.f.d., professor.


⏰Ovozli chat 7-noyabr kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📹Suhbat facebookda online translyatsiya qilinadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
📣📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2022-yilning 9 va 10-noyabr kunlari xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Malaka imtihonlari jarayoni soat 10:00 dan boshlab Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

41 milliard so‘mlik mablag‘ egalariga qaytarildi

Joriy yilning 9 oyi davomida Farg‘ona viloyat adliya organlariga jami 10 ming 621 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 7 ming 200 tasi qanoatlantirilgan. Ko‘rilgan huquqiy ta'sir choralar natijasida 41 mlrd 117 mln so‘m miqdordagi pul mablag‘lari qaytarilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️"Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat davom etmoqda!

🎙Suhbat spikerlari:

➖Umid Saydakhmedov, y.f.f.d.,dotsent, Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi;

➖Nurillo Imomov - Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, y.f.d., professor.

📹Suhbat Facebookda online translyatsiya qilinmoqda.

@adliyangiliklari