ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “ma'rifat soati” doirasida ekspert va mutaxassislar ishtirokida “Davlat xizmatchilarining OAV va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tartibi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahar yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

❗️Muhim eslatma: Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

📊Batafsil yuqoridagi infografikada👆👆👆

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Tushuntirish

Shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi

So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan
60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilganligi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.

Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan respublika hududida amal qilayotgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.

Biroq, foyda olish maqsadida o‘zganing intellektual mulki tushlik yoki kechki ovqat bilan birga mijozlarga pullanganda mulk egasidan ruxsat olish talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalangan. Shu tufayli, ushbu kafe jarimaga tortilgan.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Adliya_aralashgach

“UAT” MCHJ Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan "UAT" MCHJ hisob raqamidan asossiz ravishda 2022-yil aprel oyida jami 2 016 084 134 so'm miqdoridagi pullar yechib olinganligi va ikki oydan so'ng to'lab berilganligi sababli, boy berilgan foydani undirish masalasida murojaat qilgan.

Sergeli tuman adliya bo‘limi tomonidan holati o‘rganilib, “UAT” MCHJ manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilib, Yirik soliq to‘lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi hisobidan “UAT” MCHJ foydasiga boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga
30 000 000 (o'ttiz million) so‘m miqdordagi mablag‘ undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Foydali

🔈Hurmatli fuqarolar!

🔅Davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

📌Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat 📝 yozma balki 🔈ovozli va 🎥video murojatlarni ham qabul qiladi.

✅Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.

🔗Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

Adliya vazirligi delegatsiyasi a'zolari Yaponiyaga rasmiy tashrifning so‘nggi kunida Nagoya universiteti hamda Nagoya iqtisodiyot universitetida bo‘lishdi.

Ushbu oliy ta'lim muassasalari prezidentlari bilan bo‘lgan uchrashuvda huquqshunoslik sohasida talabalar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda tadqiqotlarni amalga oshirish hamda davlat xizmatchilarini stajirovkaga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, adliya vaziri R. Davletov mazkur oliygohlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, magistratura va doktorantura bosqichi tadqiqotchilari bilan ham uchrashdi. Muloqot qilib, ularning ilmiy izlanishlari natijalarini O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etish muhimligi ta'kidladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya yordami bilan 126 nafar xodimning 3 millarddan ortiq pullari to‘lanadigan bo‘ldi

Urgut tuman adliya bo‘limi tomonidan Urgut tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida veterinariya xizmati xodimlarining huquqlariga rioya etilishi holati bo‘yicha monitoring o‘tkazilganda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

2-noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulaylik.

📲 Matbuot anjumani translyasiyasini UzREPORT TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📣Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Toza hudud” DUK viloyat boshqarmasida xodimlarning oylik ish haqilari berilganlik holati yuzasidan o‘tkazilgan monitoring davomida korxona tomonidan xodimlarning joriy yil iyul, avgust va sentabr oylari oylik ish haqilaridan qariyb 1 milliardan so‘m ortiq ish haqilari to‘lanmaganligi aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 31 nafar obodonlashtirish xodimlariga 168 mln so‘m mablag‘lar undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari