ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

"SNOS"ga tushgan uyga kompensatsiya miqdori 1,5 milliardga baholandi.

Fuqaro M.T Bektemir tumani adliya bo‘limiga o’ziga tegishli bo‘lgan uy-joyi joylashgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi va evaziga tuman hokimligi tomonidan kompensatsiya puli yoki yer uchastkasi o‘rniga avvalgi huquq turlari saqlangan holda teng miqdorda yer uchastkalarini ajratish belgilangan bo‘lsada, ushbu masala ayrim sabablarga ko‘ra ochiq qolib kelayotganligidan norozi bo’lgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning manfaatlarida Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur sudning xal qiluv qarori bilan fuqaro M.T. foydasiga 1,5 milliard so‘m miqdordagi kompensatsiya pul mablag’lari to‘lab berilishi lozimligi belgilandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish doirasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazildi.

Adliya vaziri o'rinbosari, ishchi guruh rahbari A. Karimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar haqida aytib o‘tildi hamda keyinchalik Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish doirasida ishchi guruh tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilandi.

@adliyangiliklari
Diqqat eʻlon!!!

📣Endilikda 1148 ishonch telefoni kunu tun xizmatingizda

☎️Xabaringiz bor, Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazining 1148 qisqa raqami orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida soat 09:00 dan 18:00ga qadar huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib kelinmoqda edi.

📌Aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida sinov tariqasida 24 soat ishlovchi 1148 ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

⏱Tungi paytda (soat 18:00 dan keyingi kuni 08:00 ga qadar) qabul qilib olingan qoʻngʻiroqlarda koʻtarilgan masalalar yozib olinib, 2 kun davomida unda keltirilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan qayta aloqaga chiqilib javob berilishi maʻlum qilinadi.

❗️Maʻlumot uchun: Ishonch telefoni uzluksiz faoliyati joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar tajriba tariqasida ishga tushirildi. Kelgusida ushbu tajriba orqali kutilgan samaradorlikka erishilganda, mazkur amaliyotni davom ettirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot institutida sud ekspertiza sohasida ilg‘or tajriba bilan tanishmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

❗️Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari binolarida, “O’zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirildi.

Endilikda istalgan shaxs kontrafakt mahsulotlar haqida erkin ma’lumot olishi mumkin.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni. Shu munosabat bilan Fargʻona shahrida kichik ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazildi. Natijalar haqida oʻzingiz xulosa qiling.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligining hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinmoqda. Hay'at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etyapti.

@adliyangiliklari