ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Yangihayot tuman adliya boʻlimiga fuqaro M.F. ariza bilan murojaat qilib, Yangihayot tumani 3-o‘rta ta’lim maktabida kutubxonachi lavozimida ishlayotganligini va unga Yangihayot tuman xalq ta’limi boʻlimi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshimcha haq to‘liq toʻlanmaganligidan norozi bo'lgan.

Shunga ko'ra, tuman adliya bo'limi tomonidan olib borilgan o'rganish davomida fuqaro M.F.ga jami 1 188 586 so‘m qoʻshimcha haq toʻlovlari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Tuman adliya bo‘liming aralashuvi bilan ushbu to‘lanmagan pul mablag'lari undirib berish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, fuqaro foydasiga sud qarori chiqarildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"TOSHISSIQQUVVATI" DUK tomonidan 12-oktabrdan 15-oktabrga qadar "Notarius" tizimiga ulanish vaqtincha to‘xtatiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining 2022-yil 11-oktabrdagi 211-um-sonli buyrug‘iga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Nabijon Yuldashevich Badalovga tegishli SI 0014-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 15-oktabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Mobile_ID

🗣Mobile ID – mobil qurilmalar orqali identifikatsiya qilish tizimi haqida bilasizmi?

📱 Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida Mobile ID – mobil qurilmalar orqali identifikatsiya qilish tizimi ishlab chiqildi.

➡️Mazkur tizimdan koʻzlangan maqsad nima?
➡️U qanday ishlaydi, vazifasi nimalardan iborat?
➡️Qanday afzalliklari mavjud?

💻Batafsil videorolikda: https://youtu.be/umqhtdCSRsU

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jizzax viloyatida ikki nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2 -moddasiga muvofiq Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 13-sentabrdagi 181-um-son buyrug‘iga asosan,
▫️Zomin tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Amanlikovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga (3-oktabrdan 3-noyabrgacha),
▫️Zarbdor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Artikmurodovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga (3-oktabrdan 3-noyabrgacha) to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Adliya_hudud

Adliya xabari: 90 MILLION SO‘MDAN ORTIQ ISh HAQLARI TO‘LANMAGAN.

Samarqand shahrida yashovchi 3 nafar fuqaro o‘z ish joyidan ish haqlarini ololmagan. Oqibatda masala sudgacha bordi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
✈️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimi Farruh To‘ychiyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi. U Nagoya Universiteti huquq fakulteti doktorantura bosqichi talabasi bo‘ldi.

Farruh To‘ychiyev hozirda "Xalqaro arbitrajda: arbitraj nizolarini uchinchi shaxlar tomonidan moliyalashtirilishining qiyosiy huquqiy tahlili" mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Adliya vazirligi va Institut Farruh To‘ychiyevning ilmiy ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan vazirlikning Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat boshqarmasi tomonidan joriy yilning oktabr oyida joylarda hududiy adliya organlarining huquqiy targ'ibot yo'nalishidagi faoliyati samaradorligini o'rganish belgilangan.

Shunga asosan, joriy yilning 11—12-oktabr kunlari Samarqand hamda 17—18-oktabr kunlari Toshkent viloyatlariga tashrif buyurilib, quyi bo‘g'inlarda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish yo‘nalishida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan suhbat o'tkazildi hamda ularning samarali va tizimli faoliyat yuritishi o'rganildi. O'rganishlar davomida ular duch kelayotgan muammolar tezkor aniqlanib, ularning amaliy yechimiga yaqindan ko‘maklashib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida 12 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hali ham “prava” almashtirmadingizmi?

Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-oktabrdagi 254-um-sonli buyrugʻi bilan Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar T.Kayipnazarova (litsenziya QR 0014-son, 21.04.2020-yil) va M.Tagayevlarning (litsenziya QR 0036-son, 22.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilish muddati 11-oktabr sanasidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Germaniya eksperti ishtirokida intellektual mulk huquqining dolzarb masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 18–19-oktabr kunlari Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyo mintaqasida huquqiy davlatchilikni ilgari surish” loyihasi eksperti Xannes Xenke o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Seminar dasturi Germaniya qonunchiligida intellektual mulk sohasidagi javobgarlik masalalari hamda sohaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar olish, tajriba almashish, mavjud mexanizmlarni o‘rganish hamda O‘zbekistonda Intellektual mulkni muhofaza qilish va uni himoya qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor etish va o‘zaro fikr almashishdan iborat.

@adliyangiliklari