ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

26-sentabr
▪️Fuqarolik jamiyati institutlari va OAV o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

▪️“Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va Gruziya Intellektual mulk markazi (Sakpatenti, National Intellectual Property Center of Georgia) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

27-sentabr
▪️ Huquqiy axborotni tarqatish va targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha maxsus seminar tashkil qilindi.

29-sentabr
▪️ Boshqaruv sifati indikatorlarida O‘zbekiston o‘rni sezilarli darajada yaxshilangani yuzasidan AOKAda brifing o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va IIV Akademiyasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.

30-sentabr
▪️ Adliya vazirligi ISO/IEC 27001:2013 xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

▪️ Namanganda yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi.

▪️ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

▪️“East-west management institute, inc.” nodavlat notijorat tashkilotining (AQSH) O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Uchqo‘rg‘onda bola parvarishlash taʼtilidan qaytgan xodim ishga tiklandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi foydasiga 29 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar undirib berildi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida olis Sariosiyo tumanining “Gulobod” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Mirzacho‘l tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroga 8 853 224 so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to‘lab berildi.

🔹 Xitoylik Chjen Chjivey va Farangizning nikohi Sirdaryo viloyatida qonuniylashtirildi.

🔹 Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan tibbiyot xodimi Sirdaryo tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

🔹Shahrisabz shaxar adliya bo‘limi tomonidan tanlov g‘oliblariga 175 million so‘mlik mukofot pullari undirib berildi.

🔹 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan tug‘uruq ta'tilidan qaytgan tibbiyot xodimi ishga tiklandi.

🔹 Xonobod shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan tibbiyot xodimlariga 58 million so‘m ustama haqlari undirildi.

🔹 Andijonlik fuqaroning yer maydoni asossiz ravishda auksionga qo‘yildi.

🔹 Andijon viloyat “Issiqlik manbai” DUKdan 5 nafar xodimlarning 78 mln so‘m ish haqlari sud tartibida undirildi.

🔹 Chinoz tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan 108 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Bog‘ot tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔹 Olmazor tuman adliya bo'limi tomonidan maktab direktoriga to‘lanmay qolgan bir martalik rag‘batlantirilish pullari undirib berildi.

🔹 Uchtepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan maktablarning 30 ga yaqin kutubxonachilariga to‘lanmay qolgan qariyib 55 mln so‘mdan ortiq ustama haqlari to‘lab berildi.

🔹 Mirobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tuman maktablarining 21 nafar kutubxonachilariga to‘lanmay qolgan qariyib 30 mln so‘mdan ortiq ustama haqlari to‘lab berildi.

🔹 Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Xoshimovning farzandi Farruh Xoshimov ariza bilan murojaat qildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi: farzandlarining raqs uchun ota-onalarga nisbatan qo‘llanilgan ma'muriy jarima noqonuniy va u bekor qilindi.

🔹 Xatirchi tumanining olis hududida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

@adliyangiliklari
⚡️ 3-oktabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga 1 yil: raqamlar, yutuqlar va istiqboldagi vazifalar.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurliman Paraxatovna Aytniyazova 2022-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_ajumani

📹 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari nima maqsadda tashkil etildi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_ajumani

📹 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlar tashkil etilganligiga bir yil to‘ldi. O‘zi bu institut nima berdi? Qanday ko‘rsatkichlarga erishildi?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlari va muassasalarining Inson resurslari (kadrlar) bo‘limlari mas’ul xodimlarining malakasi oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi ta'minlandi

Narpay tuman adliya boʻlimiga tumanning “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro S.X. murojaat qilib, ishdan boʻshatish nafaqasini undirishda yordam soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Narpay tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan va 2022-yilning 27-aprelida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq fuqaroga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

2 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius N. Mambetniyazova faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan rejali tekshirish natijasi bo yicha bir qator kamchiliklar aniqlangan va mazkur holat yuzasidan malaka komissiyasiga 2022-yil 21-sentabr kuni taqdimnoma kiritilgan.

Malaka komissiyasining 2022-yil 23-sentabr kuni bo’lib o‘tgan 13-sonli majlis qaroriga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 233-um-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N. Mambetniyazovaning 2020-yil 23-aprel kungi QR 0041-sonli litsenziyasining amal qilish muddati 24-sentabr sanasidan e'tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatib turilganligini ma'lumot uchun yetkazamiz.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 29-sentabrdagi 201-um-sonli buyrug‘iga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I. Xatamovga tegishli SI 0018-sonli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 1-oktabr kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Farg'ona viloyatida 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O'zbekiston Respublikasi “Notariat to'g'risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 20-sentabrdagi 286-um-son buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyati
▪️Oltiariq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Nodirbek Maripjonovich Zufarov (litsenziya FA 0067, 21.04.2020-y),
▪️O‘zbekiston tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Marufatxon Xalimovna Kuchkarova (litsenziya FA 0052, 21.04.2020-y),
▪️Qo‘qon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Dilnoza Xaydarovna Atadjanovaga (litsenziya FA 0011, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 21-oktabr kuniga qadar 1 oy muddatga;
▪️Uchko‘prik tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Muxsin Malikovich Axmadaliyev (litsenziya FA 0038, 21.04.2020-y) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasiining amal qilish muddati va notariuslik maqomi 2022-yil 21-sentabr kunidan 2022-yil 5-oktabr kuniga qadar 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma‘lum qilinadi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Respublikasi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida adliya sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi o‘zaro manfaatdorlik, tenglik va muvofiqlik asosida huquq va adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan institusional aloqalar uchun asos yaratishdir.

Memorandum doirasida qonun ijodkorligi, qonun hujjatlarini tizimlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, fuqarolik qonunchiligini hamda ma'muriy tartib-taomillarni rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish hamda ikki tomon uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Imzolangan hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, jumladan, ikki mamlakat Adliya vazirliklari o‘rtasida huquq va adliya sohalarida samarali hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namangan viloyat yuridik texnikumi: kecha va bugun. 600 o'ringa mo'ljallangan ta'lim maskanining o'quv xonalari xalqaro standartlarga javob beruvchi jihozlar bilan ta'minlandi.

Batafsil 👉Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan lavhada.

@adliyangiliklari