ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Toshkentda “Germaniyaning Bavariya federal yeri tajribasida davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, nomarkazlashtirish va bunda mahallaning roli” mavzusida biznes lanch bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun qancha miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi?

— “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBlar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi va ularning foiz toʻlovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishni samarali boshqarish va tashkil etish

Bugun ayni shu mavzuda xalqaro ekspert ishtirokida Adliya vazirligida davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❗️Shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘ladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#День_без_автомобиля

Сегодня, 22 сентября, по всему миру проходит акция «День без автомобиля».

🚴‍♂️ Начальник отдела Исследовательского института правовой политики при Министерстве юстиции Республики Узбекистан Эльдар Шайдулин расскажет вам о том, почему он выбирает велосипед в качестве транспорта, какие сложности ожидают того, кто впервые решил попробовать ездить на работу на экологичном двухколесном транспорте, а также плюсах и минусах этого выбора.

📍Для справки: "День без автомобиля" отмечается в целях пропаганды спорта, здоровья и защиты окружающей среды.

🚶‍♂️Принимайте активное участие в акции!

🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram 🌐 VK 🌐 OK 🌐 YouTube 🌐 Mover 🌐 Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot va suv ta'minoti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi etib, ana shu eng og‘riqli va asosiy yo‘nalishlarni tanladi.

Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

📲 Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa — biz bilan bog‘laning! Takliflaringizni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

Prezident Administratsiyasi takliflaringizni qabul qilishga tayyor! Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

❗️Unutmang Sizning taklifingiz — O‘zbekiston uchun muhim!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohot bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda “Xalqaro reyting va indekslarda gender masalalari” mavzusida trening tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

19-sentabr
▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari Xudayor Meliyev hamda Yaponiya adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti hamda Tadqiqot va trening instituti direktori Naito Sintaro boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▪️ Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

20-sentabr
▪️ Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiyaning mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish sohasidagi ilgʻor tajribasi bilan tanishdi.

▪️ Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

21-sentabr
▪️ Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi.

▪️ Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish sohasida Germaniyaning tajribasi o‘rganildi.

22-sentabr
▪️ Adliya vazirining o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi “Odil sudlovga erishish” mavzusidagi global davra suhbatida ishtirok etdi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari M. Ikramov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti katta maslahatchisi T. Teplova bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vazirligida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishni samarali boshqarish va tashkil etish” mavzusida xalqaro maslahatchi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

23-sentabr
▪️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislariga “Yozgi maktab” tashkil etildi.

▪️ Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi Yunusobod tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazida bo‘ldi.

▪️Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbariyati oʻrtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

24-sentabr
▪️ Adliya vazirligi tomonidan USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohot bo‘yicha dasturi bilan hamkorlikda “Xalqaro reyting va indekslarda gender masalalari” mavzusida trening tashkil etildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bir kun.

🔹 Termiz shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan onaning ikki nafar vafot etgan farzandlarining o‘limi tasdiqlandi.

🔹 Uzun tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi eng olis hudud boʻlgan “Bobotog” massivining “Yangi obod” mahallasida sayor qabul tashkil etildi.

🔹 Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchilik boʻyicha xalqaro ekspert Georgiy Sxakay Qarshi shahar davlat xizmatlari markazida boʻldi.

🔹 Qarshi tuman adliya boʻlimi va DXM xodimlari tomonidan tumandagi “Yangi Batosh” mahallada sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Qarshi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro noqonuniy soliqdan ozod bo‘ldi.

🔹Nishon tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan kadrlar bo‘limi xodimining 29 million so‘mga yaqin pullari undirib berildi.

🔹 Kitob tuman adliya bo‘lim ko‘magida hamshira imtiyozli nafaqa tayinlanadigan bo‘ldi.

🔹 Andijon viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududdagi yirik bozorlar va savdo komlekslarida kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

🔹 Andijon viloyatida ishlayotgan 2300 nafar xodimlar “Mobile-ID” tizimida identifikatsiyadan o‘tkazildi.

🔹 Andijon viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

🔹 Bo‘ston tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Baliqchi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan chilangar ayol ishga tiklandi.

🔹 Toshloq tuman hokimligi tadbirkorga 93 million so‘m kompensasiya to‘laydigan bo‘ldi.

🔹 Donor qo‘shimcha dam olish kuni berilmaganidan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔹 Fargʻonada masjidlar soni yana bittaga koʻpaydi.

🔹 Qoʻqonda viloyat adliya boshqarmasining sayyor qabuli oʻtkazildi.

🔹 Uychi tuman DXM tomonidan 8 oyda 48 mingga yaqin xizmat koʻrsatildi. Shundan 600 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.

🔹 Uychi tumanida 35 nafar oʻqituvchiga 273 million soʻm ustama puli undirib berildi.

🔹 Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan ishdan asossiz chetlatilgan xodimning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Zomin tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroning hisoblanmay qolingan ish staji qoʻshib berildi.

🔹 Baxmal tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya toʻlab berildi.

🔹 Narpay tuman aralashuvi bilan foydalanilmagan ta'tillar uchun qariyb 50 million so‘m kompensatsiya undirildi.

🔹 Bulungʻur tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan noqonuniy pul undirilishining oldi olindi.

🔹 Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Sportchilarga xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmagan. Vaziyatni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi o‘rgandi.

🔹Sirdaryo tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi.

🔹 Kogon tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi “Adliya vazirligi stipendiyasi” sovrindorlarini tabrikladi.

🔹 Navbahor tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan obodonlashtirish boshqarmasi manfaatida pul mablag‘lari undirib berildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy tadqiqot
#tezkor

⚡️Ayni paytda “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasida “Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy
va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilmoqda.

👉 Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tashkilotchiligida o'tkazilayotgan konferensiyada AQSH, Ozarbayjon, Yaponiyadan xorijiy ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda sud-huquq sohasi milliy institutlari vakillari, mamlakatimizdagi yuridik oliy o‘quv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etmoqda.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.me/+y99LEfr9Myo4MTNi