ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Elektron_ishonchnoma

🌐 My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!

⚡️ Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

📑 Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

💸 Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

💠Bunda davlat boji:

🔸 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
🔸 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
🔸 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Tadbir san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

⏰ Vaqti va sanasi: 16—17-sentabr kunlari, 10.00 dan 17.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

Barchani yarmarkada faol ishtirok etishga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz!
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasida Fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Toshkent davlat yuridik universiteti Faxriylar Kengashi raisi Halimboy Boboyevich Boboyevning 80 yillik yubeleyiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tashabbus

⚡️Bugun Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘z ishini boshlaydi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Bugun va ertaga soat 10:00 dan 17:00 ga qadar shaharliklar hamda Toshkent mehmonlari yarmarkada ishtirok etib, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

@adliyangiliklari
#fotonigoh

⚡️ Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Polvonlar” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Qorako’l viloyat markazidan eng olisda joylashgan tumanlardan biri. Mazkur hududdagi “Polvonlar” mahalla fuqarolar yig’ini tuman ma’muriy markazidan qariyib 30 km masofadagi olis mahalalardan hisoblanadi. Hududdagi Kurash markazida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan “Yangi Zamon”, “Polvonlar” va “Mirob” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari