ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓Qaysi organlar ma’muriy organlarga kiradi?

Ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.
 
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Endi advokatlar litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, barcha jarayon elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yangi guvohnoma haqida ballada

Inson oldinga intilmasa, jamiyat orqaga ketadi!

Eski haydovchilik guvohnomasini vaqtida yangilang!

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi

Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (FHDY) qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini “doimiy takomillashtirish tamoyili” asosida rivojlantirib borilmoqda va bunda yangi innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.

Shudnay texnologiyalardan biri blokcheyn bo‘lib, ushbu texnologiyani “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qo‘llashga erishildi.

Blokcheyn — bu ingliz tilidagi ikkita so‘zdan hosil bo‘lib, "blok" va "zanjir" degan ma'noni anglatadi. Texnologiya, ma'lumotni o‘z ichiga olgan bloklarni shifrlash bilan uzluksiz ketma-ketligi kompyuterlar o‘rtasida taqsimlanadi.

“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida blokcheyn texnologiyasi, qayd etilgan fuqarolik holati yozuvlarini ishonchliligi, xavfsizligi va doimiyligini kafolatlash uchun qo‘llaniladi.

Shuningdek, bloklangan ma'lumotlarni o‘zgartirish, almashtirish va soxtalashtirish imkoniyatlari cheklanadi.

Mazkur texnologiyaning joriy etilishi fuqarolarning hayotiy voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy faktlarning ishonchli va xavfsizligini ta'minlash bilan bir vaqtda, sohada mavjud byurokratik jarayonlarni optimallashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi o‘zgardi

19-avgust kuni Adliya vazirligi Fahriylar kengashi boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Boshqaruv yig‘ilishida Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ermuxammad Shermatovich Shermatovni vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Boshqaruv qaroriga asosan Xayriddin Sirojiddinovich Fayziyevga Fahriylar kengashi raisi vazifasini bajarish yuklatildi.

Shuningdek, boshqaruv qaroriga asosan kengashning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi joriy yilning 5-sentabr kuni Adliya vazirligi binosida o‘tkazilishi belgilandi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓Qanday hujjat ma’muriy hujjat hisoblanadi?

Ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

16-avgust
▪️ Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi.

▪️“Adliya ayoli” tanlovi g‘olibi Farangiz Kayumova bo‘ldi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda.

▪️ Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati. AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

17-avgust
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti I. Kassis o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri R. Davletov va BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisining ijrochi direktori J. Topping o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

18-avgust
▪️ Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi.

19-avgust
▪️ Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi o‘zgardi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi.

▪️ Endi advokatlar litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, barcha jarayon elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi va O‘zbekiston advokatlar palatasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Xatirchi tumanida 38 nafar fuqaroga ishdan bo‘shatish nafaqa pullari to‘lab berildi.

🔹 Qiziltepada xorijiy investorlar ish boshladi.

🔹 Navbahorda bir kunda 7 nafar fuqaroning huquqlari tiklandi.

🔹 Navoiyda “Konstitutsiyaning yagona muallifi xalqdir” shiori ostida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹 Navoiy viloyatida yuridik xizmat bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi.

🔹 G‘azg‘onda umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining ustama mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sharof Rashidov tumanida hudud aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹 Jomboylik 74 yoshli onaxon "metrika"dan so‘ng pasport olib, pensiyaga chiqdi.

🔹 Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining 70-sessiyasida adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning hududda 2022-yil birinchi yarim yilligida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti eshitildi.

🔹 Vobkent tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xo‘jarabot” mahallasida sayyor qabul hamda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹 Sergeli tumanida fuqarolarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔹 Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 6 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangiariq va Yangibozor tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 120 nafar kutubxonachining ustama pullari undirib berildi.

🔹 Kosonlik noqonunniy bo‘shatilgan maktab qorovuli qayta ishga tiklandi.

🔹 Mirishkorlik fermerga 66 mln so‘m mablag‘i undirib berildi.

🔹 Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi “Eski Yakkabog‘ Qo‘g‘onchasi” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Dehqonobodlik o‘qituvchilar adliya bo‘limiga shikoyat qilgach, ularning 100 mln so‘mlik rag‘bat pullari undirib berildi.

🔹 Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Qishliq” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Qarshi shahri davlat xizmatlari markazi xodimlari “ORZU” buyum bozorida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev Mirzaobod tumani “Nurafshon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida Yangiyer shahar dehqon bozorida, dorixonalarda intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha profilaktik kuzatuv tadbiri tashkil etildi.

🔹 Chirchiq shahar “Iftixor” mahallasida yashovchi Sheroz va Gulnora Sharaxmetovlar oilasida bir yo‘la uch nafar egizak qiz farzand dunyoga kelganligi va shahar FHDY bo‘limi tomonidan chaqaloqlarga to‘g‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar sayyor tartibda berildi.

🔹 Andijon viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonida Xo‘jaobod tumani “Beshkaram” va Asaka tumani “Baraka” mahallalarida sayyor qabullar tashkil etildi.

🔹 Shahrixonlik kutubxonachilarga qo‘shimcha ustamalar to‘lab berildi.

🔹 Olimpiada g‘olibasi bo‘lgan muallimaga Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ustama pullari undirib berildi.

🔹 39 yillik muammo Chust tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan hal etildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan oʻqituvchilarning murojaati hal etildi. Biriga 70 million ikkinchisiga esa, 40 million ustama pullari undirib berildi.

🔹 Yangiqo’rg’onda 37 nafar xamshiraga 200 mln so‘mga yaqin ustamalar undirib berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📹 Mahalliy byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumot yoki davlat idoralarining rahbariyatlari qabul kunlari, shuningdek, aloqa ma'lumotlari kerakmi? Unda siz data.gov.uz veb-saytiga kiring!

Saytda davlat tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning ochiq ma'lumotlari bilan tanishingiz mumkin.

@adliyangiliklari