ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓Qaysi organlar ma’muriy organlarga kiradi?

Ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.
 
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Endi advokatlar litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, barcha jarayon elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yangi guvohnoma haqida ballada

Inson oldinga intilmasa, jamiyat orqaga ketadi!

Eski haydovchilik guvohnomasini vaqtida yangilang!

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi

Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (FHDY) qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini “doimiy takomillashtirish tamoyili” asosida rivojlantirib borilmoqda va bunda yangi innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.

Shudnay texnologiyalardan biri blokcheyn bo‘lib, ushbu texnologiyani “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qo‘llashga erishildi.

Blokcheyn — bu ingliz tilidagi ikkita so‘zdan hosil bo‘lib, "blok" va "zanjir" degan ma'noni anglatadi. Texnologiya, ma'lumotni o‘z ichiga olgan bloklarni shifrlash bilan uzluksiz ketma-ketligi kompyuterlar o‘rtasida taqsimlanadi.

“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida blokcheyn texnologiyasi, qayd etilgan fuqarolik holati yozuvlarini ishonchliligi, xavfsizligi va doimiyligini kafolatlash uchun qo‘llaniladi.

Shuningdek, bloklangan ma'lumotlarni o‘zgartirish, almashtirish va soxtalashtirish imkoniyatlari cheklanadi.

Mazkur texnologiyaning joriy etilishi fuqarolarning hayotiy voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy faktlarning ishonchli va xavfsizligini ta'minlash bilan bir vaqtda, sohada mavjud byurokratik jarayonlarni optimallashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi o‘zgardi

19-avgust kuni Adliya vazirligi Fahriylar kengashi boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Boshqaruv yig‘ilishida Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ermuxammad Shermatovich Shermatovni vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Boshqaruv qaroriga asosan Xayriddin Sirojiddinovich Fayziyevga Fahriylar kengashi raisi vazifasini bajarish yuklatildi.

Shuningdek, boshqaruv qaroriga asosan kengashning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi joriy yilning 5-sentabr kuni Adliya vazirligi binosida o‘tkazilishi belgilandi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓Qanday hujjat ma’muriy hujjat hisoblanadi?

Ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.