ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar

Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan o'tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi

👉Batafsil
_________________

#Сообщение_юстиции

Подписано окончательное соглашение по возвращению преступных активов Гульнары Каримовой из Швейцарии

👉 Подробнее

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📹 Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

📹 Endi siz Mobile ID dan ro‘yxatdan o‘tib davlat xizmatlaridan uydan chiqmay foydalanishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 15-sentabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
▫️aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;
▫️sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
▫️murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
▫️qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

“Snos”larda konpensatsiya to‘lovlari kafolati yuzaga keldi

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Ushbu sohada jismoniy va yuridik shaxslar mulk huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2022-yilning 29-iyun kuni “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun joriy yilning 1-oktabr kunidan kuchga kiradi.

Ushbu qonun bilan nimalar o‘zgaradi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va majburiyatlari

▪️ Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi haqida.
▪️ Davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi haqida.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri R. Davletov va BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisining ijrochi direktori J.Topping o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil
_______

#Сообщение_юстиции

Состоялась встреча министра юстиции Р. Давлетова с координатором Офиса МПТФ ООН Дж. Топпинг

👉
Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov va Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti I.Kassis o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

18-avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi va O‘zbekiston advokatlar palatasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati.

🕙 18-avgust, 15:00.

Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov e'lon qilinadi.

➡️ Tanlovga materiallar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etilishi mumkin:

▫️badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
▫️tasviriy san'at (portret, peyzaj va boshqa);
▫️media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

☑️ Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Materiallarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.

Tanlovga materiallar 10-sentabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

🎁 Tanlov g‘olibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Qanday holatlar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi?

— Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
▫️ so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
▫️ davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
▫️ loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
▫️ bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
▫️ bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
▫️ loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkilot tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
▫️ binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
▫️ bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
▫️ vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
▫️ obyektlarning taqiqda turganligi;
▫️ bino va inshootlarning ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmaganligi;
▫️ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Eslatma: Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Asos: Hukumatning 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

@adliyangiliklari