ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrigi

Yoshlar – taraqqiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch!

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44–Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston shaxmatchilari tomonidan erishilgan sharafli g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati tubdan o‘zgarganining, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovning chinakam amaliy ifodasidir.

Ushbu tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Jamoa aʼzolari Navoiy viloyati aholisining huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorlik darajasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Ochiq adliya”: Tizim ochiqlik va shaffoflikni qanday ta'minlamoqda?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Samarqandda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yishda davom etmoqda

Adliya vazirligi tomonidan aholining og‘irini yengil qilish va ortiqcha vaqtini tejash yo‘lida kundan-kunga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha innovatsion loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari binolari to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlantirildi.

Ushbu kuzatuv kameralari Adliya vazirligi binosida BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida barpo etilgan “Situatsion markaz” bilan bog‘langan.

Situatsion markaz orqali Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlaridagi xizmat ko'rsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati bo‘yicha monitoring qilish imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

So‘ragan edingiz

❓Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha qanday hujjatlar taqdim qilinadi?

❗️Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▪️xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;
▪️xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Farg‘ona viloyatida “Ochiq adliya” ijtimoiy dasturi doirasida adliya organlari faoliyati haqida keng jamoatchilikka to‘liq, batafsil ma'lumotlar berish, ularning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga qaratilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida to‘liq qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirilgan viloyat adliya boshqarmasi binosida press-tur davom etdi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha trenerlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari