ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bu_muhim

📋50 turdagi bepul davlat xizmatlari ro'yxati!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining Ishchi guruhi joriy yilning 27—28-iyul kunlari Andijon viloyatida bo‘lib, xodimlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda quyi bo‘g‘in xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil qilindi.

Ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining ish faoliyati hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan joyiga chiqqan holda tanishildi, shuningdek, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash yuzasidan profilaktik tushuntirshlar olib borildi.

Bundan tashqari, “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida xodimlarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ularning takliflari o‘rganildi. Ishchi guruhining hududiy adliya organlarining faoliyatini o‘rganishda davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

MUROJAATLARNING “KALITI” QAERDA?
Samarqandda vakolatli organlar davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘tgan 6 oyda 5 mingdan ortiq murojaatga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston tumani hokimligi hamkorligida navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Do‘stlarobod qishlog‘ida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabi hovlisida tashkillangan sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ulug‘bek Maxmudov xamda mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari xam ishtirok etib, aholining turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning 30 dan ziyod muammo, taklif va shikoyatlari ko‘rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar zamon talablariga muvofiq yangilanadi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📢📢 Adliya vazirligi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkasida koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurib noturar joy qismiga Mirobod tumani Davlat xizmatlari markazi binosini joylashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Mirobod tumani Davlat xizmatlari markazi uchun kamida 1 500 kv.m binoni jihozlab barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi (pod klyuch) noturar binosini koʻpi bilan 1 (bir) yil muddatda zamonaviy loyihalar asosida qurib topshirish.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📢📢 Adliya vazirligi tasarrufidagi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan Toshkent shahar adliya boshqarmasining balansida boʻlgan maʼmuriy binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Buzilgan binoning oʻrniga xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan bino-inshootning kamida 2 500 kv.m noturar joy qismini toʻliq jihozlagan holda Toshkent shahar adliya boshqarmasi balansiga topshirish.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📢📢 Adliya vazirligi tasarrufidagi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida boʻsh yer uchastkasiga koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurib noturar joy qismidan adliya tizimi xodimlari uchun imtiyozli xizmatlar koʻrsatiladigan sogʻlomlashtirish markazini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📢📢 Adliya vazirligi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining binosini buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino va inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_va_adliya

📹 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan berilgan savollar va ularga berilgan javoblar.

❓I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali xizmatlardan foydalanishda qanday imtiyozlar mavjud?

Savolga adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev javob berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari