ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❗️ DIQQAT, EʼLON!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga Shaxsiy identifikatsiya raqamini berish davlat xizmatidan foydalanish imkoni vaqtinchalik mavjud emas.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini kuchaytirishda oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

Joriy yilning 4-iyul kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Maer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo'lib o'tdi. Ularning nikohi Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan tantanali qayd etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
“Tadbirkorlik kodeksi” — tadbirkor manfaatlariga xizmat qiladi(mi?)

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik-hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va takliflarni to‘plash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining 2022-yil iyun oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. An'anaga ko‘ra, vazirlikning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Haqberdiyev Otabek Xudoyberdi o‘g‘li 2022-yilning iyun oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Otabek Haqberdiyev Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasida katta maslahatchi lavozimidan boshlagan.

2019-yilda adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasida yetakchi maslahatchi lavozimiga tayinlangan hamda bugungi kunda ushbu boshqarmada bo‘lim boshlig‘i lavozimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Otabek Haqberdiyev idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, reestrini yuritish, hujjatlarni qabul qilish va manfaatdor shaxslar e'tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Otabek Haqberdiyevni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!

@adliyangiliklari
🔥1
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari