ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Qozog‘istonda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari T. Abdusattarov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk masalalari yuzasidan viloyatdagi korxonalar faoliyatini o‘rgandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Test_sinovi

Gerb haqida 10 savol

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.

🖥 10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

➡️ Test savollarini ishlash uchun: t.me/QuizBot?start=cKX0GFCR

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❗️Jamoat tartibiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish taqiqlanadi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish tartibini buzish 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

27-iyun
▪️ Adliya vazirligi O‘zbekistonda hududlarning yillik biznes reytingini e'lon qildi.

▪️ Respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlarga qarshi kuzatuv tadbirlari boshlandi.

28-iyun
▪️ Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan "Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya” kitobi “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida taqdirlandi.

▪️ Tadbirkorlik kodeksi loyihasini hududlarda tadbirkorlar bilan muhokama qilish davom etmoqda. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari adliya boshqarmalarida tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

29-iyun
▪️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvining “Oliy ta'limga qabul va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan soni jonli efirga uzatildi.

▪️ “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga kompleks yondashuv: biznesning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va davlat nazoratini isloh qilish” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegasiya X Sankt-Peterburg xalqaro yuridik anjumanida ishtirok etdi.

30-iyun
▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n oltinchi majlisida qatnashdi.

▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari T.Abdusattarov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk masalalari yuzasidan viloyatdagi korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

▪️ Adliya vazirligidan tomonidan so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligiga doir qo‘llanma chop etildi.

▪️ Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash sohasidagi ayrim jarayonlar reinjiniring qilindi.

1-iyul
▪️ Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun maxsus trening tashkil etdi.

▪️ Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganildi.

▪️ Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

@adliyangiliklari