ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari #Bu_muhim

💠Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

✅Qonunga koʻra maʼmuriy tartib-taomil deganda davlat organlarning ommaviy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar (yaʼni litsenziya, ruxsat berish tartib-taomillari, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillar va x.k.)tushuniladi.

Batafsil yuqoridagi infografikalarda👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_tahlii

Siz yashayotgan hudud biznes reytingida nechinchi o‘rinda?!

2019-yildan buyon respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasinin aniqlash tartibi joriy etilgan bo‘lib, shunga asosan hududlarning biznes reytingi b-indicator.uz saytida e'lon qilinib kelinmoqda.

Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash avtomatik tarzda “BUSINESS INDICATOR” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Xususan, o‘tgan davrda hududlarning 2019 va 2020-yillardagi biznes reytingi e'lon qilingan bo‘lib, kuni kecha 2021-yilning yakunlari bo‘yicha ham 14 ta viloyat hamda 205 ta tuman (shahar)larning reytingi aniqlandi.

Reyting 17 ta indikator bo‘yicha shakllantirilib, unda 30 taga yaqin mas'ul idoralar tomonidan kiritilgan qariyb 4 mingta statistik ma'lumotlar tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

💻@tezkor_murojaat_bot ga murojaat – masalaga tezkor yechim

Xabaringiz bor davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolariga tezkor yechim topish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida @tezkor_murojaat_bot telegram boti ishga tushirildi.

Tashkil etilganiga endigina 1 oy bo’lgan bo’lsa-da, mazkur botga qisqa davr ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 1 133 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi mas’ul xodimlari bilan birgalikda javoblar berilishi ta’minlab kelinmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Bu_muhim #Hududlarda

🔊Qoraqalpog'iston Respubllikasida o'n ikkinchi Davlat xizmatlari markazi ishga tushdi.

✅ Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va tegishli takliflarni to‘plash maqsadida, har bir viloyat adliya boshqarmalarida tadbirkorlik subektlari bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

20-iyun
▪️Adliya vaziri R. Davletov BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari M. Uolter bilan uchrashdi.

▪️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi.

▪️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo'nalishida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha tajriba almashildi.

21-iyun
▪️Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi.

▪️Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchik bo‘yicha ekspert Georgiy Sxakaya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekspert Agavni Xarutyunyanlar tashrif doirasida adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev bilan uchrashdi.

▪️Adliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda tartibga solish siyosati: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

▪️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik oʻrnatildi.

▪️Toshkent shahrida joylashgan alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi do‘konlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularning savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

22-iyun
▪️AOKAda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ “KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi.

23-iyun
▪️Adliya vazirligida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Aleksandr Karlayl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

24-iyun
▪️Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

▪️Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va tegishli takliflarni to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va Xorazm viloyati adliya boshqarmasida tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

25-iyun
▪️Adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi.

▪️Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qurilish mollari bozorlarida kontrafakt mahsulotlarni o‘rganish bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

@adliyangiliklari