ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
​#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar faollashuvi va ma’lum voqeaga shaxsiy munosabat bildirish ochiqlik, oshkoralikning yorqin misoli. Ammo bir holatni to‘liq o‘rganmagan holda talqin qilish jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot yetkazishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish joyi peshtoqida yozilgan “Samsa” xizmat ko‘rsatish belgisi yuzasidan tarqalgan xabarlarga asosan Adliya vazirligi rasmiy munosabat bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish insofsiz raqobat hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Samsung kompaniyasi 43-sinf ya’ni umumiy ovqatlanish faoliyatini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida Samsung jamlanma tovar belgisiga muhofaza hujjatini olmagan.

Yuqoridagilarga muvofiq ushbu holatda iste’molchilarning huquqlari buzilishi va insofsiz raqobat kirishishga oid huquqbuzarlik mavjud.

Shunday ekan axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq kanallaridan axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishni so‘rab qolamiz.

@adliyangiliklari
#Davalt_xizmatlari

Biometrik pasportni ID kartaga almashtirishga Yagona portal orqali ariza topshirish tartibini bilasizmi?

Yagona portal my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirib, vaqtingiz hamda mablagʻlaringizni tejashingiz mumkin.

▪️Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting: my.gov.uz

▪️Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda YIDXP orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹 VIDEOQOʻLLANMA

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida ochiq e'lon qilinishi kerak bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatini bilasizmi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun

⚡️Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▫️ Kodeks loyihasi bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan;
▫️barcha talablarni o‘z ichiga olgan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar reyestri hamda tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish va oshkor etish nazarda tutilmoqda.

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_muloqot

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Ertaga, 1-iyun kuni soat 16:00 da “O‘zbekistonda bola huquqlari: qonunchilik va amaliyot" mavzusida “Online” muloqot bo‘lib o‘tadi.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya va Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi

Yangi kodeks bilan o‘ndan ortiq qonun, qonunosti hujjati birlashtiriladi. Sohaga oid yaxlit kodeks joriy etilishi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratadi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda nimalar nazarda tutilmoqda?

Batafsil 👉 videoda

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilingan.

Oylik doirasida Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha aholining huquqiy savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida test o‘tkazish belgilangan.

🗓 Test sinovi 6-iyun kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Buning uchun har bir ishtirokchi yhq.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Test sinovi 20 ta savol va 1 ta ijodiy savoldan iborat.

❗️Test savollarining barchasiga eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarning 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi

🎁 Test sinovi g‘olibi velosiped bilan taqdirlanadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

👉Batafsil
_________

#Сообщение_юстиции

Министр юстиции встретился с руководством Гаагской конференции по международному частному праву

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Huquqiy targʻibotda hamkorlik mexanizmi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan hududda keng aholi qatlamining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish hamda ushbu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha 12 ta davlat organi va tashkiloti hamkorligida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari