ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2022/2023-o‘quv yili uchun (fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma'muriy ixtisosliklarbo‘yicha) talabgorlar qabuli davom etmoqda. Qabul jarayoni joriy yilning 15-may kuniga qadar davom etadi.

Tayyorlash kursiga 34 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Tayyorlash kursi bir yillik o‘quv dasturi bo‘yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini oshirishda hamkorlik qiladi

Joriy yilning 11-may kuni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash va oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir jarayonida siyosiy partiyalar bilan kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Shu kunlarda Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida Toshkent shahrida bo'lib turishibdi.

Yevropa Kengashi hamda Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari bugun poytaxtimizdagi Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i A.Turdiyev Yunusobod tumani markazi faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qulayliklar bilan tanishtirdi.

O'z navbatida delegatsiya a'zolari tomonidan yurtimizda davlat xizmatlari ko'rsatish sohasiga katta qiziqish bildirildi hamda yaratilgan qulayliklar e'tirof etildi.

@adliyangiliklari
Bugun, 12 may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — davlat boshqaruvini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilish masalalarini muhokama qilish hamda ilg‘or tajribalar bilan almashish uchun yetuk xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtiradigan ochiq muloqot maydonini tashkil etishdir.

Unda milliy ishtirokchilar bilan bir qatorda Germaniya, Fransiya, Portugaliyadan ekspertlar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan adliya, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat xizmatini rivojlantirish va boshqa davlat idoralari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi tomonidan 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Muloqot Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhida 2022-yil 14-may kuni soat 11:00 da “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi B. Saidmuradov hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi N. Yusufbekovalar tomonidan oilaviy munosabatlarda, jumladan, nikoh qurish, otalikni belgilash, aliment va boshqa masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha savollaringizni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Intellektual mulk sohasida mas'ul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini o‘qitish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari