ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_loyiha

Manfaatlar to'qnashuvi alohida qonun bilan tartibga solinmoqda

Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to'g'risida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️ davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a'zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanadi;
▫️ davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni deklaratsiya qilish;
— mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida xabar berish.

Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo'lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.

Shuningdek, manfaatlar to'qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Xususan:

➖ davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar to'qnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran bo'lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);

➖mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran bo'lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab bo'lishi mumkin.

❗️Mazkur qonun loyihalari qabul qilinsa, davlat tashkilotida davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishi oldi olinishi hamda xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda O'zbekiston pozitsiyasiga ijobiy ta'sir etishi kutilmoqda.

Quyidagi havolalar orqali loyihalar muhokamasida ishtirok eting:

👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/60813
👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/60954

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilinadi.

Oylik doirasida:

🔹Yo‘l harakati ishtirokchilari huquqlari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi;
🔹kurslar.huquqiyportal.uz platformasida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etiladi;
🔹“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida mutaxassislar ishtirokida jonli efirlar tashkil qilinadi;
🔹Radioefirlarda sovrinli huquqiy viktorinalar o‘tkaziladi;
🔹“Bir qadam” nomi ostida ijtimoiy videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi;
🔹“Street law” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilarida amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
🔹Yo‘lovchilarga yo‘l harakatlarini sodda tushuntirish maqsadida sayyor qabullar uchun “Huquqiy taxi” xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
🔹Sohaga doir boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov Isroil Davlati Advokatlar uyushmasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2022/2023-o‘quv yili uchun (fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma'muriy ixtisosliklarbo‘yicha) talabgorlar qabuli davom etmoqda. Qabul jarayoni joriy yilning 15-may kuniga qadar davom etadi.

Tayyorlash kursiga 34 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Tayyorlash kursi bir yillik o‘quv dasturi bo‘yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini oshirishda hamkorlik qiladi

Joriy yilning 11-may kuni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash va oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir jarayonida siyosiy partiyalar bilan kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Shu kunlarda Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida Toshkent shahrida bo'lib turishibdi.

Yevropa Kengashi hamda Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari bugun poytaxtimizdagi Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i A.Turdiyev Yunusobod tumani markazi faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qulayliklar bilan tanishtirdi.

O'z navbatida delegatsiya a'zolari tomonidan yurtimizda davlat xizmatlari ko'rsatish sohasiga katta qiziqish bildirildi hamda yaratilgan qulayliklar e'tirof etildi.

@adliyangiliklari