ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

❕Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-maygacha “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

📹 https://youtu.be/3J2QigI1Dnk

Huquqiy aksiyada faol ishtirok eting va huquqiy bilimlaringizni yanada oshiring!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari nimalardan iborat?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyatida ikki nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 12-aprel kunidagi 4-son majlisi bayonnomasiga asosan:

Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L. Aliyevaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (SA № 0004, 23.04.2020-y)ning amal qilish muddati 2022-yil 14-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga;

Payariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Tashtemirovga berilgan litsenziya (SA № 0062, 22.06.2020 y)ning amal qilish muddati 2022-yil 14-aprel kunidan 2 (ikki) oy muddatga to‘xtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro intellektual mulk kunida tanlov g'oliblari taqdirlandi

26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan an’anaviy o’tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g’oliblari hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun”, “Ijodkorlik uchun” medallari va “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish sohasidagi tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Aksiya doirasida adliya organlariga 5 727 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan, 3 890 tasi (68 %) qanoatlantirildi, 453 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 26 ta murojaat tegishliligiga koʻra vakolatli organlarga yuborildi. Hozirda 1 358 ta murojaatlar ish yurituvida koʻrib chiqilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 27-aprel kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining qonunchilikdagi, huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Amaldagi qonunlar "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiqlashtirilmoqda

Joriy yilning 26-aprelida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasini deputatlar e'tiboriga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi qanday tashkil etiladi?

@adliyangiliklari