ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri R. Davletov bo‘lajak yosh yuristlar bilan uchrashdi

An'anaga muvofiq, bugun adliya vaziri R. Davletov Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, texnikumning o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi ahvoli, shuningdek hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Vazir dars jarayonida bevosita ishtirok etdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga vazirning o‘zidan javoblar olishdi va kelajakdagi rejalari yuzasidan takliflarini berishdi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Ruslanbek Davletov Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sohaga oid masalalarni muhokama qildi

Ma'lumki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi — klaster usuli joriy etildi.

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan shu sohada respublikamizning olis va chekka hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari, xususan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qarshi tumanida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda adliya vaziri R. Davletov fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida klaster usulini joriy etish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqidagi fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan paxta-to‘qimachilik hamda boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan keng ko‘lamli islohatlar o‘z samarasini berayotganligi, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar ham mavjudligini bildirishdi.

Muloqot yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, muammolar va takliflar inobatga olinib, kelgusida ularning huquqiy yechimini topish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-martidan 15-mayiga qadar “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

21-aprel kuni Toshkentda ushbu aksiyasi doirasida ta‘lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligiI: oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish tizimi takomillashtiriladi

Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta'minlangan aholini bepul iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi nikohni qayd qilishda 1 oylik muddatni bekor qilish taklifini berdi

Oila kodeksida nikohlanuvchi shaxslar FHDYOga ariza berganidan vaqtdan boshlab 1 oy o‘tgach nikohi qayd qilinishi belgilangan. Bu vaqtda nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Alohida hollarda, ya'ni homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi, xizmat safari kabi uzrli sabablar bo‘lganda 1 oylik muddat qisqartirilgan holda nikohni qayd qilishga ruxsat berilgan.

Amaliyotda nikohni qayd qilishning 1 oylik muddatini qisqartirish uchun ayrim fuqarolar FHDYO organlariga soxta tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etish, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida ortiqcha qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar mavjud edi.

Ushbu muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyihada Oila kodeksining 13, 17 va 212-moddalariga o‘zgartishlar kiritish hamda nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos bo‘luvchi holatlarni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng 1 oylik muddatni kutmasdan nikohini rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Tahlillarga ko‘ra nikohni qayd qilish uchun 2021-yilda 300 mingdan ortiq, 2022-yilning 1-choragida 45 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir oylik muddatda arizalarni qaytarib olish yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan.

Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo‘yadi, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etadi, otalik belgilash kabi ortiqcha qiyinchiliklarni oldini oladi.

❗️Qonun loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/60291 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 80-sonida (2022-yil 22-aprel) "Davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy shakli. U qachon va qay tarzda namoyon bo‘lishi kerak?" nomli adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliev bilan intervyu chop etildi.

Unda Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan maqsadlar va ularning ahamiyati haqida adliya vaziri o‘rinbosari sharh bergan.

@adliyangiliklari