ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

⚡️Ayni damda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko‘p tarmoqli klinikasi hududida “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi davom etmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ko‘pchilikning e'tiborini tortayapti. Sababi, soat 14:00 ga yaqinlashishi bilanoq odamlar to‘plana boshlashdi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlari sayyor qabul shaklida o‘tkazilayotgan tadbirda faollik ko‘rsatishmoqda.

“Madad” NNT vakillari, FHDYo bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatilib boshlandi. Ko‘plab fuqarolar, xususan, tibbiyot xodimlari o‘z muammolari va savollari bilan ularga murojaat qilishmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​⚡️Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligi yana birinchi o‘rinda

Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"ni aniqlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublikadagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati monitoring qilindi.

Davlat organlarining 2021-yildagi faoliyati yuzasidan "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligining ko‘rsatkichlari 89,22 ball bilan yuqori darajada baholanib, 24 ta vazirlik ichida birinchi o‘rinni egalladi.

Monitoringda jami 24 ta vazirlik, 13 ta davlat qo‘mitalasi va qo‘mitalar, 25 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari(hokimlik)ning 2021-yildagi faoliyati o‘rganildi.

🔎"Ochiqlik indeksi"ni aniqlashda tashkilot va idoralarning quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyati baholandi:
▫️Tashkilot rahbarining faoliyati;
▫️Axborot xizmatining faoliyati;
▫️Rasmiy veb-sahifaning faoliyat yuritishi;
▫️Texnologiyalarni joriy etilishi;
▫️So‘rovlarni ko‘rib chiqish;
▫️Kollegial majlislarning ochiqligi.

"Ochiqlik indeksi"da vazirliklar ichida ikkinchi o‘rinni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (87,44 ball), uchinchi o‘rinni esa Innovatsion rivojlanish vazirligi (84,16 ball) band etgan.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yakunlariga ko‘ra ham Adliya vazirligi “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha e'lon qilingan reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi rahbariyati jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishda davom etadi

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda endilikda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi, degan mazmunda xabar tarqaldi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil
_____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 Adliya vazirligi shifokorlar va o‘qituvchilar huquqlari himoyasi uchun sudlarga 7 milliarddan ortiq da'vo kiritdi. Toshkent shahrida tashkil etilgan sayyor qabul davomida ham shifokorlarning murojaatlari o‘rganildi.

@adliyangiliklari