ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“So’gliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 15-mart — 1-aprel kunlari davomida amalga oshirilgan ishlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi
Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!

🗓⏰Sizlarni, 2022-yil 6-aprel kuni soat 15:00 da Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi yangi zamonaviy binosining tantanali ochilish marosimida aziz mehmonimiz boʻlishga taklif etamiz.

🏢Zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan ushbu bino davlat xizmatlari koʻrsatishda avvalo xalqimizga, shu jumladan xorijiy mehmonlarga ham xush yoqishi bilan bir qatorda poytaxtimiz jozibasiga yanada koʻrk bagʻishlaydi degan umiddamiz.

📍Manzil: Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, “Armug‘on” MFY.

Moʻljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti.
#Mutaxassis_sharhi

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, olib borilayotgan va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan o‘limga olib kelayotgan yo‘l-transport hodisalari soni sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa o‘z navbatida avtomobil' yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash tizimini tubdan isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Jumladan, yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta'minlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish hamda ushbu sohaga inson omilini istisno etuvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish talab etilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

Adliya vazirligi: 934,8 mln so‘m mablag‘lar (ish haqi, ustama boshqa to‘lovlar) soha xodimlariga undirib berildi

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi e'lon qilingan edi.

Huquqiy aksiyasi doirasida 15-mart — 1-aprel kunlari davomida soha bo‘yicha adliya organlariga 2 285 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan, 1386 tasi (64,4 %) qanoatlantirildi, 387 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 21 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra vakolatli organlarga yuborildi. Hozirda 467 ta murojaattlar ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlarning asosiy qismi Andijon (500 ta), Qashqadaryo (350 ta), Sirdaryo (206 ta) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Batafsil videobayonotda👇

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Quturish kasalligi dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida qayd qilinib, undan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida xar yili 66 mingdan ziyod, faqat Hindistonda 30 ming odam o‘ladi. Demak, dunyoda har kuni 180 kishi, 8 daqiqada 1 kishi quturish tufayli olamdan o‘tadi. Yer yuzida 1 mln boshga yaqin har turli hayvonlar o‘lishi kuzatiladi.

Odamlarning 96% i itlar orqali kasallanadi. Kasallik tarqashi fasllarga ham bog‘liq, ayni bahorda avj olish nuqtasidan biri sifatida kuzatiladi.

Mazkur noxush holatlarning oldini olish maqsadida quyida it va mushuklarni saqlashning ayrim huquqiy jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya fan olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan o‘qituvchilarga163 million so‘m ustama pullari undirilishiga ko‘maklashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Madad” NNT Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini amalga oshiradi

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

NAVOIYDA "MENING HUQUQIM" AKSIYASI TASHKIL ETILDI

Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Mening huquqim" yoshlar aksiyasi tashkil etilmoqda. Aksiyada umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari qamrab olingan.

Huquqiy targ'ibot tadbirlari davomida mamlakatimizda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, mazkur yo'nalishdagi qonun hujjatlari, yoshlar uchun mavjud imtiyozlar haqida ko'rgazma vositalari orqali ma'lumotlar berib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi 5 va10 umumta'lim maktablarida tashkil etildi. Muloqotlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berilib, yoshlarning murojaatlari ko'rib chiqildi.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari