ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

"Eng yaxshi yuridik xizmat—2022" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi o‘tkazildi.

“Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovining saralash bosqichidan o‘tib, komissiya xulosasiga ko‘ra 147 ta respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari jamoalari ichida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 7 ta jamoa finalda bellashdi.

Qizg‘in raqobat bilan o‘tgan final bosqichi natijalariga ko‘ra, hakamlar hay'ati xulosasiga asosan o‘zlarininig original yechimlari, ijobiy amaliyoti va finaldagi ishonchli ishtiroklari bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamoasi “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi g‘olibi (1-o‘rin) deya e'tirof etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

28-mart
▪️ Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hamda qaror natijasida sohada kutilayotgan o'zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

29-mart
▪️ Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

▪️ “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 10 kunda amalga oshirilgan ishlar e’lon qilindi.

▪️ Adliya vazirligida “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi hamda inson huquqlari boʻyicha muloqoti tashkil etildi.

▪️ Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

30-mart
▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “YURIDIK KLINIKA” ko‘rsatuvining navbatdagi soni jonli efirga uzatildi. Soha mutaxassislari yer munosabatlari bilan bog’liq savol va murojaatlarga javob berishdi.

▪️ Jamoatchilik va OAV vakillari uchun Toshkent shahrida joylashgan tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda yangi tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilindi.

1-aprel
▪️ “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

▪️ Adliya vazirligida 2022-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi.

2-aprel
▪️ "Eng yaxshi yuridik xizmat—2022" tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar hududidagi "Farovon" mahallasida "ADLIYA SAYLI" tashkil etildi.

🔹 Zarafshonda tashkilot xodimlariga 300 milliondan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Karmanada adliya aralashgach xodimning pul mablagʻlari toʻliq toʻlab berildi.

🔹 Xatirchida oliy ma’lumotli kadrlar bo‘yicha menejerlarga 70 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev ishtirokida brifing tashkil etildi.

🔹 Sirdaryoda 2 ta yangi masjid ochildi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Shayjigitov Guliston tumanidagi «Baxmal» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Oqoltin tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan madaniyat xodimlarining ustama haqlari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Yoshlar yetakchisiga kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmagan, holatga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashdi.

🔹 Ulug’nor tuman adliya bo’limi tomonidan fuqaro Abduboqiyeva Diyoraxonning murojaati ijobiy hal etildi.

🔹 Qibray tuman adliya bo‘limi tadbirkorga 3,8 mlrd so‘m kompensatsiya undirib berdi. https://t.me/toshkentviladliya/3151

🔹 Zafarobod tuman adliya boʻlimining aralashuvi bilan 61 yoshida fuqarolik pasportiga ega boʻldi.

🔹 Norin tuman adliya bo'limining sayyor qabuli natijasida fuqaro biometrik pasportiga ega bo'ldi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Axmedov tomonidan Pop tumanining “Maydon”, “Bog‘ishamol”, “Boyon”, “Istiqlol”, “Yuqori Chodakboshi” MFY hududida yashovchi aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Namanganda yangi masjid foydalanishga topshirildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi X.Sabirov tomonidan Norin tuman davlat xizmatlari markazi binosida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xiva shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida sog‘liqni saqlash xodimlariga mobil davlat xizmatlari ko'rsatildi.

🔹 Qoraqalpog‘istonda navbatdagi yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 Furqat tumani “Yangi” MFY da Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh. Xolmatov tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliyacha ixchamlashuv: qonuniylik va adolat asosiy mezonimiz!

Shu kunlarda adliya tizimida olib borilayotgan ixchamlashuv jarayonlarida mehnat munosabatlariga oid turli savollar, ayrim noto‘g‘ri talqinlar uchramoqda. Vaziyatni oydinlashtirish maqsadida quyidagilar ma'lum qilinadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_online

⚡️Ayni damda Adliya vaziri R. Davletov yangi qabul qilingan Prezident Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha tizim xodimlari (hududiy adliya, DXA, IMA xodimlari) bilan ZOOM orqali ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: advokatlik guvohnomasi olishda ortiqcha hujjat talab etilsa, bizga murojaat qiling!

Ijtimoiy tarmoqlarda advokatlik guvohnomasini olish uchun ortiqcha hujjatlar talab qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu masala yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_tainlov

Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markaziga yangi direktor tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jayev Kamoliddin Ulug‘bek o‘g‘li – Adliya vazirligi huzuridagi AKTRM direktori lavozimiga tayinlandi.

K. Xo‘jayev 1990 -yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2016-yilda ushbu universitet hamda akademik almashinuv asosida Yaponiyaning Tsukuba universitetida magistratura bosqichini tamomlagan, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat bo‘yicha mutaxassis.

U o‘z mehnat faoliyatini 2014-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat xizmatlari agentligida Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Kamoliddin Xo‘jayevni ushbu tayinlov bilan chin dildan tabriklaydi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-maygacha “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Huquqiy aksiya doirasida soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so‘rovlar o‘tkazish belgilangan.

Shunga ko‘ra, 16 ta savoldan iborat so‘rovnoma e'tiboringizga havola qilinmoqda. Uni to‘ldirish uchun bir necha daqiqa kifoya.

➡️ So‘rovnomada ishtirok etish: http://cc.uz/1685s

Sizning fikringiz biz uchun muhim! So‘rovnoma natijalari yuzasidan aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha huquqiy mexanizmlar ishlab chiqiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 4-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“So’gliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 15-mart — 1-aprel kunlari davomida amalga oshirilgan ishlar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi
Aziz hamshaharlar va yurtimiz mehmonlari!

🗓⏰Sizlarni, 2022-yil 6-aprel kuni soat 15:00 da Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi yangi zamonaviy binosining tantanali ochilish marosimida aziz mehmonimiz boʻlishga taklif etamiz.

🏢Zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan ushbu bino davlat xizmatlari koʻrsatishda avvalo xalqimizga, shu jumladan xorijiy mehmonlarga ham xush yoqishi bilan bir qatorda poytaxtimiz jozibasiga yanada koʻrk bagʻishlaydi degan umiddamiz.

📍Manzil: Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, “Armug‘on” MFY.

Moʻljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti.