ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Shtat birliklari qisqarsa xodimlarning taqdiri nima bo‘ladi?

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi nihoyasiga yetdi.

Uchta nominasiya bo‘yicha tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda sertifikat va tegishlicha sovrin bilan taqdirlanadi:

▫️Nargiza Yunusova, “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” — televizor;
▫️Hamida Mirsultanova, “Eng yaxshi blogpost uchun” — blender to‘plami;
▫️Muxlisa Azizova, “Adliya e'tirofi” — multivarka.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish foydali.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida 2022-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi

Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Rasulov Farhod Olim oʻgʻli Adliya vazirligida mart oyining eng yaxshi xodimi deb topildi.

F. Rasulov oliy maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos. 2016-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan. 2018-yildan hoziri vaqtga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelmoqda.

Farhod Rasulov nodavlat notijorat tashkilotlarini (shu jumladan, ularning ramzlarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga rioya etilishida hamda ularga ajratilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash sohasida ayniqsa samarali mehnat qilib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Farhod Rasulovni bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xiva shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida sog‘liqni saqlash xodimlariga mobil davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Tadbir davomida DXM xodimlari tomonidan 150 taga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lib, tibbiyot xodimlarining davlat xizmatlari va FHDY sohasiga oid muammolari o'rganildi va tegishliligi bo'yicha yechim topti.

Sayyor xizmat davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlaridan masofadan turib, yaʼni onlayn tartibda foydalanish borasida mahorat darslari oʻtkazilib, sohaga oid huquqiy maslahatlar ham berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda yangi masjid foydalanishga topshirildi

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Kamolxon Eshon Buva” jome' masjidi Namangan viloyat adliya boshqarmasidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu esa tuman fuqarolariga Muborak Ramazon oyining kirib kelishi oldidan munosib tuhfa boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, masjid zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurib bitkazilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Masjid 1500 ming nafar odamga moʻljallangan boʻlib, hudud aholisi va mahalliy homiylar mablagʻlari evaziga qurib bitkazilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 1-aprel holatida, viloyatda jami 194 ta diniy tashkilotlar mavjud boʻlib, shundan 190 tasi masjidlar, 3 tasi cherkovlar va 1 tasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar hududidagi "Farovon" mahallasida "ADLIYA SAYLI" tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Eng yaxshi yuridik xizmat—2022" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi o‘tkazildi.

“Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovining saralash bosqichidan o‘tib, komissiya xulosasiga ko‘ra 147 ta respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari jamoalari ichida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 7 ta jamoa finalda bellashdi.

Qizg‘in raqobat bilan o‘tgan final bosqichi natijalariga ko‘ra, hakamlar hay'ati xulosasiga asosan o‘zlarininig original yechimlari, ijobiy amaliyoti va finaldagi ishonchli ishtiroklari bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamoasi “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi g‘olibi (1-o‘rin) deya e'tirof etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

28-mart
▪️ Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hamda qaror natijasida sohada kutilayotgan o'zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

29-mart
▪️ Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

▪️ “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 10 kunda amalga oshirilgan ishlar e’lon qilindi.

▪️ Adliya vazirligida “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi hamda inson huquqlari boʻyicha muloqoti tashkil etildi.

▪️ Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

30-mart
▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “YURIDIK KLINIKA” ko‘rsatuvining navbatdagi soni jonli efirga uzatildi. Soha mutaxassislari yer munosabatlari bilan bog’liq savol va murojaatlarga javob berishdi.

▪️ Jamoatchilik va OAV vakillari uchun Toshkent shahrida joylashgan tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda yangi tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilindi.

1-aprel
▪️ “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

▪️ Adliya vazirligida 2022-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi.

2-aprel
▪️ "Eng yaxshi yuridik xizmat—2022" tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.