ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan hokimning noqonuniy qarori bekor qilinib, yerlar o‘z egasida qoldirildi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 77 nafar xodimlarga jami 131,3 mln so‘m ishdan bo‘shatish nafaqalari hisoblab to‘lab berildi.

🔹 Davlatobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan MTTning 25 nafar xodimlariga 149 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berildi.

🔹 Yangi Namangan tuman adliya bo‘limining taqdimnomasiga muvofiq 20 nafar xodimlarning huquqlari tiklandi.

🔹 Yangi Namangan tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan umumta’lim maktablarining 26 nafar xodimlariga jami 69 mln so‘m mehnat ta’tili uchun haq to‘lanishi ta’minlandi.

🔹Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida Namangan viloyatida “Ayollar forumi” tashkil etildi.

🔹Yangiyer shahar adliya bo‘limining ko‘magi bilan 25 yillik muammo ijobiy yechim topdi.

🔹Xodimga ustama haqlari to‘lab berilmagan, holatga Sardoba tuman adliya bo‘limi aralashdi.

🔹Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 700 mln so‘mga yaqin mablag‘ undirib berildi.

🔹Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan ko‘p yillik daraxtlari uchun bog‘bonga kompensasiya to‘lab berildi.

🔹 Uchtepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan madaniyat xodimlariga qariyib 56 mln so‘mlik to‘lovlarning undirilishi belgilandi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “E-qaror” tizimini monitoring qilish jarayonida Mirobod tuman hokimining tegishli qarori bilan mahalla fuqarolar yig‘ini qurilishi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasi boshqa yerga o‘zgartirilganligi aniqlandi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Alpomish”, mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazildi.

🔹 Oltiariq tuman adliya bo‘limi aralashuvu bilan o‘qituvchilarga ustama haqlari undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyati adliya boshqarmasida “Oqila ayollar harakati” va “Adliya ayollar kengashi” tashkil etildi.

🔹 Qiziltepa tumanida fuqarolarga 455 mln so‘m qarzdorlik mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Karmana tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan autsorsing xizmatini ko‘rsatgan tadbirkorning huquqlari himoya qilindi.

🔹 Xatirchida sport targ‘ibotchisiga ustama pullari to‘lab berildi.

🔹 Navbahorda 150 nafar mahalla maslahatchilari adliya aralashuvi bilan pul mablag‘larini olishdi.

🔹 Uchquduqda tibbiyot sohasida texnik xodim sifatida ishlayotganlarga ustama pullari undirib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sayyor_qabul

Respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kosonsoy tumanini "Besh ketmon" MFY hududida joylashgan madaniyat markazida bo'lib o'tdi.

Qabul davomida Adliya vaziri o'rinbosari M. Ikramov tomonidan adliya idoralari vakolati doirasida yechimini topadigan muammolarga tegishli huquqiy tushuntirish berildi. Fuqarolardan kelib tushgan 5 ta murojaat ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 30-mart kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: "Jismoniy va yuridik shaxslarning yer olish tartibi hamda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlari".

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik davom etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda “LEX.uz va uning imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklri
📢 «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida TANLOV e'lon qilindi!

Tashkilotchilar
▫️ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
▫️Yoshlar ishlari agentligi
▫️ O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

Tanlov nominasiyalari
▫️ «Eng yaxshi ijtimoiy rolik»
▫️«Eng yaxshi she'r ijrosi» (video material shaklida)
▫️«Eng yaxshi fotosuratlar»

Kimlar qatanashishi mumkin?
▫️14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari

Talablar
▫️ ijtimoiy rolik va she'r ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi
▫️fotosuratlar 5 tadan kam bo‘lmasligi, 4Mp (2272x1704) dan katta bo‘lishi kerak

Ijodiy ishlarni qaerga va qachongacha jo‘natish kerak?
Taqdim etiladigan ishlar @Navruz2022_tanlov_bot Telegram-boti orqali 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar qanday mezonlar asosida baholanadi? Pul mukofotlarining miqdori qancha? 👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❕Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Huquqiy aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

🔹sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

🔹audio-video podkastlar tashkil qilish;

🔹soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so‘rovlar o‘tkazish;

🔹soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha so‘rov yo‘li bilan monitoring o‘tkazish;

🔹sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

🔹murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

🔹qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH ishtirokchi-davlatlari sud ekspertiza organlari rahbarlarining Davlatlararo kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim loyihasi muhokamasida ishtirok etdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari