ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti

Bugun Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ushbu mavzu bo‘yicha seminar tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi o‘tkazilishi e'lon qilingan.

Tanlov nominatsiyalari:

🔺 “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
🔺“Eng yaxshi blogpost uchun”;
🔺 “Adliya e'tirofi”.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari, xususan, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar vazirlik tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

❗️Tanlov shartlari bilan 👉 bu yerda batafsil tanishing.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilmoqda.

Malaka imtihoni jarayonlarini Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📹 https://www.youtube.com/embed/WbAuNbJwWX4
⚡️"Kambag‘allikni qisqartirish — qarz, kredit va subsidiya masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

🎙Suhbat spikerlari:

🔹Nodir Komilov – O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;

🔹Komil Axmedov – O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
;

🔹Xusenov Ilxom – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

Ovozli chatga ulanish 👉@huquqiy_gap.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Adolat” MHAM va Bosh prokuraturaning Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2022-yil 11-mart kuni adliya vaziri oʻrinbosari А. Muhammadiyev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filial rahbariyat, professor-oʻqituvchilar va xodimlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv maqsad — Ixtisoslashtirilgan filial faoliyatini takomillashtirish masalalari va kelajakdagi rejalarni muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuv davomida filialda ta’lim sifati, kadrlar bilan ishlash va moddiy texnik ta’minot yaxshilash, ta'lim oluvchilarning psixologik tayyorligini yanada oshirish, yoshlar bilan ishlash, ayniqsa talabalarning amaliyot masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni zamonaviylashtirish, shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha muhoma bo‘lib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan mavjud muammolarga birma-bir to'xtalib yechimlari yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni ko'rish zarurligi ta’kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Uychi tumanida sayyor qabul o’tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_munosabat

Adliya vazirligining taklifiga ko‘ra 290 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar aholi ixtiyorida qoldirilishi mumkin

Notarial harakatlar rasmiylashtirilganda undiriladigan davlat bojini optimallashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishida deputatlar tomonidan ma'qullandi.

Loyihada notariuslar tomonidan notarial harakatlar rasmiylashtirilganligi uchun undiriladigan davlat bojini shaffoflikni ta'minlash maqsadida:

▫️ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlash;
▫️mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash;
▫️mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlash;
▫️avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlash;
garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash;
▫️qarz shartnomalarini tasdiqlash;
▫️avtomototransport ishonchnomalarini va avtomototransportdan tekin foydalanish shartnomalarini hamda qarz shartnomasidan kelib chiqib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berishda undiriladigan davlat boji optimallashtirilmoqda. Ya'ni, ilgari differensial tarzda hisoblanadigan davlat boji qat'iy stavkalarda belgilanishi taklif etilmoqda.

Misol uchun: bugungi kunda 3 yillik “COBALT” avtomobilining oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlatish uchun davlat boji 1 mln 650 ming so‘m hisoblansa, 7 yillik transport bo‘yicha 1 mln 80 ming so‘m davlat boji undiriladi.

Vazirlik tomonidan ilgari surilgan takliflar amalga oshirilsa, barcha turdagi avtomobillarning oldi-sotdisida davlat boji 810 ming so‘mni tashkil qiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida davlat boji summasi optimallashib, uni hisoblashda shaffoflikka erishiladi hamda xar yili 290 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar aholi ixtiyorida qoladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari