ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyati masofadan turib baholanadi

Bugungi kunda tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlaridagi qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashda Adliya vazirligi tizimidagi Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari bevosita mas’ul hisoblanadi.

Bu yo’nalishdagi ishlarning samaradorligi qanday baholanadi? Har bir tumanga borib o’rganib kelish katta resurs talab qilmaydimi?

Adliya vazirligi tomonidan Konrad Adenauer nomidagi fondi bilan hamkorlikda tashkil qilingan seminarda shu va boshqa savollarga javob berildi.

Markazlar faoliyati KPI tizimi orqali masofadan turib baholanadi, ular bergan xulosalarning qonuniyligi ham masofadan tekshiriladi. Inson omiliga minimal darajada chek qo'yiladi.

Markazlar faoliyatini baholashda xizmat ko'rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarning fikri ham inobatga olinadi, albatta.

Seminar orqali markaz xodimlari o'zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni o'rganmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

28-fevral kuni Adliya vazirligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan huquqiy fanlar tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida huquqiy darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish zaruruligi aytildi.

👉Batafsil
__________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat markazlari tomonidan 3,5 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari undirilishi yuzasidan daʼvolar qanoatlantirilgan

👉Batafsil

@adliyangiliklari
DIQQAT E'LON!

Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda "Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida "Adliya mahallada" aksiyasi o'tkazilmoqda.

Aksiya doirasi yil davomida reja-jadvalga muvofiq Toshkent shahar adliya boshqarmasi, tuman adliya bo'limlari hamda Toshkent shahar hokimligi mas'ul xodimlari hududdagi barcha mahallalarda mahallabay ishlash tizimi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilish yuzasidan uchrashuv o'tkaziladi.

Barcha fuqarolarni o'z huquqiy muammolariga yechim topish maqsadida ushbu tadbirlarda ishtirok etishga taklif etamiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik aloqalari mustahkamlanmoqda

Adliya vazirligi va Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonda ijtimoiy sheriklik sohasida: davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
• TDYU 985 million soʻmlik davlat grantini qoʻlga kiritdi

ℹ️ Batafsil...

——————————
• ТГЮУ получил государственный грант на 985 миллионов сумов

ℹ️ Подробнее...

——————————
• TSUL received a government grant for 985 million UZS

ℹ️ Read more...

@tsulofficial
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda Konrad Adenauer nomidagi fond hamkorligida tashkil qilingan o‘quv amaliy seminarning ikkinchi kuni xam nihoyasiga yetmoqda.

Bugungi seminarda Namangan, Farg‘ona, Andijon, Navoiy hamda Buxoro viloyatlarining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari