ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ayni vaqtda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan ''Besh yillik strategik islohotlar yakunlarini sarhisobi hamda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish istiqbollari'' muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya davom etmoqda.

📹 Ushbu xalqaro anjumanni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=qrZXpKARsO8

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Respublika ishchi guruhi a'zosi, adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov boshchiligida joriy yilning 24-fevral kuni Andijon viloyati Izboskan tumani "Istiqlol" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️Poytaxtda "prava" almashtirish uchun "so‘nggi mijozgacha" ish rejimi joriy etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatida “Huquq kuni”

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi NNT vakillari kovorking-markaziga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

22-fevral
▪️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha uchrashuv o‘tkazildi. Unda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Nukusda NNT faollari bilan uchrashdi.

▪️Adliya vaziri Bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

23-fevral
▪️Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘rsatuvning maqsadi — fuqarolarning o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha qonuniy maslahat, yechim va ko‘mak berish.

▪️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Sarbinaz” MFY aholisining murojaatlarini qabul qildi.

▪️Adliya vaziri Nukus shahridagi “Sarbinoz” MFYda hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

▪️2021-yil davomida adliya organlari tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 24,8 mingta taqdimnoma kiritildi.

▪️Adliya vaziri xizmat safari davomida Ellikqal'a tumani “Aqchako‘l” turistik zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan muloqot bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

24-fevral
▪️Adliya vazirligida BMT Taraqqiyot Dasturi va “KROS” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda jamoatchilik bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.

▪️Adliya vaziri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi yuridik texnikumning o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi hamda texnikumning mehnat jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

▪️Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.

▪️Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun yangi qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

25-fevral
▪️Adliya vazirligi besh yillik strategik islohotlar yakunlarini sarhisob qildi hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.

▪️“Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusidagi xalqaro anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zlab, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqshunoslar oldida turgan eng asosiy chaqiriqlarni sanab o‘tdi.

▪️Adliya vazirligi rahbariyati Farg‘ona shahridagi sayyor qabulda ishtirok etdi.

26-fevral
▪️Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari uchun “Huquq kuni” tashkil etildi.

▪️Adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi NNT vakillari kovorking-markaziga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

@adliyangiliklari