ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jamiyatda huquqiy madaniyatning holati bo‘yicha axborot eshitildi

Bugun, 24-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.

👉Batafsil

Foto: Oliy Majlis Senati

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlarining targ‘ibot faoliyati elektron baholanadi

Bugun Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun yangi qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

Unda davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi va “Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portalini yuritish boʻyicha amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi.

Ta’kidlanishicha, endilikda davlat organlari va tashkilotlari – amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni portalga kiritadi, portal tomonidan ma’lumotlar avtomatik tahlil qilinadi hamda belgilangan mezonlar asosida baholanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📢📢Barcha OAV vakillari va blogerlar diqqatiga

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-fevral kuni (soat 10:00–18:00) “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

O‘tkazilish joyi: International Hotel Tashkent

Mazkur anjumandan maqsad strategik islohotlarning huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda yuridik hamjamiyat oldidagi yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat.

Anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ma'ruza qiladi.

Ushbu xalqaro anjumanga jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️“Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi. Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Mazkur anjumandan maqsad strategik islohotlarning huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda yuridik hamjamiyat oldidagi yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat. Anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ma'ruza qiladi.

📹 Ushbu xalqaro anjumanni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=lgpUvZfIAyc

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zlab, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqshunoslar oldida turgan eng asosiy chaqiriqlarni sanab o‘tdi.

“Oldimizda turgan eng asosiy chaqiriqlardan biri – bu jadal rivojlanish davrida qonunchilik barqarorligini ta'minlash. Bugungi kunda butun dunyoda progress ortidan tartibga solish juda tez o‘zgarib bormoqda. Munosabatlarni raqamli formatga o‘tishi nafaqat ularni o‘z vaqtida sifatli tartibga solish, balki norma ijodkorligiga nisbatan xozirgi amaliyotdan tubdan farq qiladigan talablarni qo‘ymoqda.

Shu bois ikkinchi chaqiriq – bu norma ijodkorligiga raqamli yondashuv. Yaqin istiqbolda qonunlar sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqiladi va avtomatik ravishda ijroga qaratilib, nazorat qilinadi. Bu o‘tishga huquqshunoslar sun'iy intellektning boshqaruvchisi sifatida tayyor bo‘lishlari lozim.

Uchinchi chaqiriq – norma ijodkorligida sifatli, operativ va oson qayta aloqa. Yuzaga kelayotgan munosabatlarni tartibga solish uchun huquqshunoslar bilimlari yetarli emas, turli sohalardagi mutahassilar yordami kerak. Shuning uchun tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqishda davlat biznes, ilm-fan va fuqarolik jamiyati bilan bamaslahat ish tutishi lozim. Buning uchun jamoatchilik muhokamasi, tartibga solish ta'sirini baholash kabi qulay vositalar kerak.

To‘rtinchi chaqiriq – huquqiy makonning globallashuvi. Zamonaviy sharoitlarda integratsiya jarayonlaridan, ularning yutuq va muammolaridan hech qaysi mamalakat chetda qolmaydi. Buni pandemiya ham isbotlab berdi. Savdo-sotiq, iqtisodiy, madaniy aloqalar dunyo mamlakatlari bo‘ylab bir-biriga singib ketgan. Shu bois ushbu sohadagi tartibga solish mexanizmlari imkon qadar universal va barcha uchun tushunarli bo‘lishi lozim”
, — dedi adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov.

@adliyangiliklari
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanallar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Twitter
https://twitter.com/minjustuzb

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisi orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni vaqtda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan ''Besh yillik strategik islohotlar yakunlarini sarhisobi hamda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish istiqbollari'' muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya davom etmoqda.

📹 Ushbu xalqaro anjumanni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=qrZXpKARsO8

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Respublika ishchi guruhi a'zosi, adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov boshchiligida joriy yilning 24-fevral kuni Andijon viloyati Izboskan tumani "Istiqlol" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️Poytaxtda "prava" almashtirish uchun "so‘nggi mijozgacha" ish rejimi joriy etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatida “Huquq kuni”

👉
Batafsil

@adliyangiliklari