#Adliya_xabari
Adliya vaziri ellikqal'alik tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldi
Adliya vaziri xizmat safari davomida Ellikqal'a tumani “Aqchako‘l” turistik zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan muloqot bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.
Uchrashuvda turizm sohasida tadbirkorlarga belgilangan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlari xususan tadbirkorlarning turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishiga oid ma'lumotlar berildi, shuningdek ularning muammoli masalalari tinglanib, holatlarga yechim topish maqsadida adliya organlariga tegishli topshiriq berildi.
Ma'lumot uchun: Ellikqal'a tumanida bugungi kunda 1149 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
@adliyangiliklari

Jamoatchilik bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.
Bugun, 24-fevral kuni Adliya vazirligi binosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida BMTTD tomonidan jalb qilingan “KROS” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida jamoatchilik bilan ishlashda yanada samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqish, yangi davlat xizmatlari taqdim etilishini axboriy ta’minlash, matbuot tadbirlarini tashkil etish shuningdek, OAV va blogerlar bilan turli formatlarda maxsus loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik
bilan aloqalar bo‘limi

Qoraqalpog‘istondagi yuridik texnikum yoshlari adliya vaziri bilan muloqotda bo‘lishdi
Bugun adliya vaziri R. Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi yuridik texnikumning o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi hamda texnikumning mehnat jamoasi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri yuridik texnikumning o‘qituvchilari bilan dars jarayonlari va o‘quv qo‘llanmalari xususida suhbatlashib, o‘quvchi yoshlarni fanga qiziqtirish, bir xillikdan qochgan holda zamonaviy dasr mashg‘ulotlarini olib borish, buning uchun o‘z ustida tinmasdan ishlash lozimligi yuzasidan tavsiyalar berdi.
Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarining savollariga bevosita vazirning o‘zidan javoblar olishdi.
Ma'lumot uchun: hozirgi kunda texnikumda davlat xizmatlari faoliyati, sud huquq faoliyati va yuridik xizmat yo‘nalishlarida jami 255 nafar o‘quvchilar ta'lim olmoqda.

Jamiyatda huquqiy madaniyatning holati bo‘yicha axborot eshitildi
Bugun, 24-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.
👉Batafsil
Foto: Oliy Majlis Senati

Davlat organlarining targ‘ibot faoliyati elektron baholanadi
Bugun Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun yangi qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.
Unda davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi va “Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portalini yuritish boʻyicha amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ta’kidlanishicha, endilikda davlat organlari va tashkilotlari – amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni portalga kiritadi, portal tomonidan ma’lumotlar avtomatik tahlil qilinadi hamda belgilangan mezonlar asosida baholanadi.