Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha
💡Adliya vazirligidan yana bir loyiha
MUAMMOINGIZ BORMI? MUROJAAT QILING! Maslahat beramiz, yechim topamiz, ko‘mak beramiz.
Adliya vazirligi va O‘zbekiston telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ko‘rsatuvning maqsadi — fuqarolarning o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha qonuniy maslahat, yechim va ko‘mak berish.
Ko‘rsatuvning birinchi soni BUGUN, 23-fevral kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatiladi.
❗️Mavzu: Huquqiy nigilizm, huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlik.
Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.
🖥 Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.
@adliyangiliklari

O‘tkazib yuborganlar uchun maxsus "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvining 1-soni
Teleloyiha Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlandi.
📹Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=Xe65oTF-gfg

#Adliya_xabari
Adliya vaziri sarbinazlik aholi vakillari murojaatlarini qabul qildi
23-fevral kuni adliya vaziri R. Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Sarbinaz” MFY aholisining murojaatlarini qabul qildi.
Bildirilgan murojaatlar bandlik, mehnat munosabatlari, uy-joy bilan ta'minlash, moddiy yordam kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lib, ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 3 ta murojaat esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Adliya vaziri Nukus shahridagi “Sarbinoz” MFYda hokim yordamchilari bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, adliya vaziri R. Davletov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Adliya vaziri va Nukus shahridagi “Sarbinoz” MFYda hokim yordamchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil: https://minjust.uz/uz/press-center/news/103317/

Adliya vazirligi qaysi tashkilotga eng ko‘p taqdimnoma kiritdi?
Huquqiy ta'sir choralari ichida taqdimnomalar muhim o‘rin tutadi. O‘rganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan kiritiladigan taqdimnomalar natijasida xato va kamchiliklar bartaraf etiladi.
Adliya vazirligi deyarli barcha sohalarda qonuniylikka rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazib boradi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa taqdimnomalar kiritadi. Aytish mumkinki, mazkur vazirlik va uning quyi bo‘g‘inlari eng ko‘p taqdimnoma kiritadigan tuzilmadir.
2021-yil davomida adliya organlari tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 24,8 mingta taqdimnoma kiritildi.
👉Batafsil

Adliya vaziri ellikqal'alik tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldi
Adliya vaziri xizmat safari davomida Ellikqal'a tumani “Aqchako‘l” turistik zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan muloqot bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.
Uchrashuvda turizm sohasida tadbirkorlarga belgilangan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlari xususan tadbirkorlarning turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishiga oid ma'lumotlar berildi, shuningdek ularning muammoli masalalari tinglanib, holatlarga yechim topish maqsadida adliya organlariga tegishli topshiriq berildi.
Ma'lumot uchun: Ellikqal'a tumanida bugungi kunda 1149 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamoatchilik bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.
Bugun, 24-fevral kuni Adliya vazirligi binosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida BMTTD tomonidan jalb qilingan “KROS” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida jamoatchilik bilan ishlashda yanada samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqish, yangi davlat xizmatlari taqdim etilishini axboriy ta’minlash, matbuot tadbirlarini tashkil etish shuningdek, OAV va blogerlar bilan turli formatlarda maxsus loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik
bilan aloqalar bo‘limi