ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Karmanalik 10 nafar pensionerning masalasi bir kunda hal etildi.

🔹 Xatirchida “Chorvanasl” markazida ishlab ketganlar uchun 80 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 Farg’ona viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 2 nafar notariusning litsenziyalari toʻxtatildi.

🔹 Mirzachoʻl tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi.

🔹 2021-yil davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlangan 70 075 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga 1 761 ta taqdimnoma, 6 711 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 416 ta takliflar kiritildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 205 million soʻm tovon puli undirildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan xotin-qizlar uchun keng qamrovli sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 20 nafar C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama haqlari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan 5 nafar madaniyat bo‘limi xodimlariga jami 68 milliondan ortiq ustama haqlari to‘lanmaganligi aniqlandi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan maktab sinf rahbarining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

🔹 Paxtaobodda 186 nafar xotin-qizlarning 500 milliondan ortiq ish haqlari to‘lanmagan. Adliya holatni o‘rgandi.

🔹 Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mirzo Ulug’bek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilari va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 “Mirzaobodlik ishbilarmon ayollar” nodavlat notijorat tashkiloti Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Sardoba tuman adliya boʻlimining sa’y-harakatlari bilan fuqaroga uning qonuniy mulki qaytarildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida Sirdaryo tumanida seminar va sayyor qabul o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
​#Diqqat_muhim

2022-yil 25-fevral kuni “Strategik islohotlarni huquqiy ta’minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tashkiloti ko‘magida tashkil etilmoqda.

Ko‘zlangan maqsad strategik islohotlarni huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish nuqtai nazardan yuridik hamjamiyat oldida turgan yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat.

Anjumanda Buyuk Britaniya, Xorvatiya, AQSh kabi davlatlarning ekspertlari, shuningdek BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili (UNDP), Yevropa Ittifoqi (EU) va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari o‘z ma’ruzari bilan ishtirok etadi.

Tadbir tavsilotlari Adliya vazirligining Youtube ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida jonli ravishda yoritib boriladi 👉 https://www.youtube.com/c/Adliya

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sud ekspertiza faoliyati boʼyicha yangi tadqiqot turlari joriy etiladi

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha uchrashuv o‘tkazildi. Unda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Nukusda NNT faollari bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

💡Adliya vazirligidan yana bir loyiha

MUAMMOINGIZ BORMI? MUROJAAT QILING!
Maslahat beramiz, yechim topamiz, ko‘mak beramiz.

Adliya vazirligi va O‘zbekiston telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning maqsadi — fuqarolarning o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha qonuniy maslahat, yechim va ko‘mak berish.

Ko‘rsatuvning birinchi soni BUGUN, 23-fevral kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatiladi.

❗️Mavzu: Huquqiy nigilizm, huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlik.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

🖥 Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

O‘tkazib yuborganlar uchun maxsus "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvining 1-soni

Teleloyiha Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlandi.

📹Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=Xe65oTF-gfg

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri sarbinazlik aholi vakillari murojaatlarini qabul qildi

23-fevral kuni adliya vaziri R. Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Sarbinaz” MFY aholisining murojaatlarini qabul qildi.

Bildirilgan murojaatlar bandlik, mehnat munosabatlari, uy-joy bilan ta'minlash, moddiy yordam kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lib, ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 3 ta murojaat esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari