#Adliya_xabari
⚡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, shuningdek hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligi baholash natijalari muhokama qilindi.
Hay’at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya
Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI
"Prezident farmoni bilan hokimlarning yer ajratishiga taqiq qo‘yilgan davrda Toshkent viloyatida 781 gektar yer tadbirkorga vaqtincha biriktirib berilgan. Buni oqibatida taqdimnoma berdik, bajarilmadi. Yaxshi bajarmasa, bizni taqdimnomani bajarish shart emas, ko‘rib chiqish shart. Sudga berdik, sudda ko‘rib chiqiladi", — dedi adliya vaziri.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka yillik hisobotidan

Adliya vaziri onlayn qimorlar to‘g‘risida
“Qimor masalasi jamiyatning katta muammosiga aylanmoqda. Hozir bu borada onlayn muammoga duch kelamiz. Bloklasak, VPN orqali ulanish mumkinmi, yo‘qmi? Albatta, ulanish mumkin. Lekin ularning hammasining resursi chet elda joylashgan. Texnik nuqtai nazardan juda qiyin. Serverlar O‘zbekistonda bo‘lsin deysiz, lekin buning imkoniyati yo‘q-ku. Katta-katta davlatlar serverlarini o‘z davlatiga keltira olmayapti. Shuning uchun biz bu sohani juda qattiq nazorat qilish tarafdorimiz”, — dedi adliya vaziri.

Bugun, 7-fevral kuni Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
👉Batafsil
_________
👉Читать на русском
@adliyangiliklari
Bugun, 7-fevral kuni Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
👉Batafsil
_________
👉Читать на русском
@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov:
"Dinga xohlasa, ishonadi, xohlamasa, ishonmaydi. Xohlamasa, umuman tarki dunyo qilib yashaydi. Bu konstitutsiyaviy huquq. Shuning uchun qonunda belgilangan huquqlar, kafolatlarni kimlardir chiqib, ijtimoiy maqomidan qat'i nazar, inkor qilolmaydi, ularga dahl qilolmaydi. O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki qonun bor".
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka yillik hisobotidan
@adliyangiliklari
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov:
"Dinga xohlasa, ishonadi, xohlamasa, ishonmaydi. Xohlamasa, umuman tarki dunyo qilib yashaydi. Bu konstitutsiyaviy huquq. Shuning uchun qonunda belgilangan huquqlar, kafolatlarni kimlardir chiqib, ijtimoiy maqomidan qat'i nazar, inkor qilolmaydi, ularga dahl qilolmaydi. O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki qonun bor".
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka yillik hisobotidan
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihon o‘tkaziladi
🔰 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral—mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkaziladi.
➡️ Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo‘lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.
🖊 Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15-fevraldan 28-fevralga (shu kuni ham) qadar ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
❗️Imtihon ikki bosqichdan iborat:
▫️1-bosqich – onlayn test, 1-mart soat 09.00 dan 13.00 gacha bo‘lib o‘tadi.
▫️ 2-bosqich – suhbat, 4-mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3-nafar g‘olib aniqlanadi.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va sovrinlarni qo‘lga kiriting!

Joriy yilning 8-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha navbatdagi malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 25 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 7 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi.

Aholi va tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladigan “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi Qonun deputatlar tomonidan maqullandi