ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

O‘zbekistonda ilk bor notarial harakat onlayn tarzda amalga oshirildi

Bugun, 23-dekabr kuni “e-notarius.uz” axborot portali orqali birinchi onlayn notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi. Bu O‘rta Osiyoda ham birinchi bor notariusga bormasdan turib amalga oshirilgan onlayn notarial harakatdir.

Fuqaro U. V. notarial idoraga kelmasdan turib, voyaga yetmagan farzandini chet elga chiqishga rozilik berish arizasini videokonferensaloqa yordamida rasmiylashtirdi. Mazkur xizmat test rejimida ishga tushirildi va keyingi yilning boshidan to‘liq tatbiq etiladi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish uchun notarial idoraga bormasdan, notarius qabulida navbat kutmasdan, uydan yoki dunyoning istalgan joyidan turib, ayrim notarial harakatlarni masofadan, yaʼni videokonferensaloqa yordamida “e-notarius.uz” axborot portali orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Endilikda “e-notarius.uz” axborot portali orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishonchnomani tasdiqlashni, ijro xatini yozishni, arizadagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashni (doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik berish bilan bog‘liq ariza va majburiyatnomalar), shuningdek to‘lovlarni ham amalga oshirish mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

Onlayn notarial harakatni rasmiylashtirish uchun “e-notarius.uz” axborot portaliga kirib, respublikadagi istalgan notariusga masofadan turib notarial harakatni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat qilinadi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida murojaat qiluvchining shaxsiga oid maʼlumotlar ONE ID – Identifikatsiyalashning yagona tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. “e-notarius.uz” axborot portalida notariusga murojaat qilishning tartibi va bosqichlari fuqarolar tushunishi uchun qulay shaklda, alohida eslatmalar bilan o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan.

Maʼlumotlar murojaat qiluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng, onlayn notarial harakat uchun to‘lov kvitansiyalari ham avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Murojaat qiluvchi va notarius kelishilgan vaqtda notarial harakatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun videokonferensaloqaga chiqadi va notarial harakat rasmiylashtiriladi.

O‘zbekistonda onlayn notarial harakatlar davri boshlandi va Adliya vazirligi bu amaliyotni doimiy kengaytirib boradi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2021-yil 23-24-dekabr kunlari “OAV faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy media trendlar” mavzusida jurnalist va blogerlar, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Axborot xizmatlari faoliyatida zamonaviy yondashuvlar

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, huquqshunos ekspertlari trenerlik qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari