#Adliya_xabari
Bugun, 3-dekabr kuni Adliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti (IDLO) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasini yoʻlga qoʻyish: COVID-19ga nisbatan chora” qo‘shma loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Vazirlik va idoralarning 50 dan ortiq mas’ul xodimlari uchun idoraviy norma ijodkorligi sohasida onlayn seminar tashkil etildi

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 6 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi.

Adliya vazirligi: ochiqlik va shaffoflik — korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev “Ochiqlik va shaffoflik — korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida” mavzusi bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha Toshkent forumi”da o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.
Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.
🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

O‘ZBEKISTON NOTARIAT TIZIMI XALQARO NOTARIUSLAR ITTIFOQIGA A’ZO BO‘LDI
Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasining joriy yil 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston notariat tizimini Xalqaro notariuslar ittifoqi a’zoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
Xalqaro notariuslar ittifoqi 1948-yil tashkil etilgan nohukumat tashkilot bo‘lib, unga lotin modelidagi mamlakatlarning notariat tizimi a’zo. Ittifoqning asosiy vazifasi dunyo bo‘ylab notarial faoliyatni muvofiqlashtirish va rivojlantirish, notariat sohasidagi huquqni o‘rganish va milliy qonunchilikni xalqaro darajada uyg‘unlashtirish hisoblanadi.
Ittifoq a’zoligiga kirish uchun davlatlar notariat tizimi yuqori standartlarga javob berish talab etiladi.
Bular:
▪️tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
▪️notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bo‘lishi;
▪️mulkchilikka oid milliy qonunchilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bo‘lishi va boshqalar.
Ittifoq a’zoligiga qabul qilish quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
▪️birinchi bosqichda, Ittifoq tomonidan unga a’zo bo‘lish istagini bildirgan notariat tizimining ushbu sohadagi qonun hujjatlari o‘rganib chiqiladi;
▪️ikkinchi bosqichda, a’zolikka qabul qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beriladi;
▪️uchinchi bosqichda, Ittifoq delegasiyasi mamlakatga tashrif buyurib notariuslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganadi, tashrif yakuni bo‘yicha xulosa tuzilib u Ittifoqqa taqdim etiladi;
▪️to‘rtinchi bosqichda, Ittifoq Assambleyasi (oliy organi) tomonidan notariat tizimini a’zolikka qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
2019-yildan O‘zbekistonda xususiy notarial faoliyatga ruxsat berildi, 2020-yildan xususiy notariuslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, zarur hujjatlarni fuqarolardan talab qilmasdan tegishli idora va tashkilotlardan elektron hamkorlik yo‘li bilan olish kengaydi, ayrim hujjatlarni majburiy notarial tasdiqlash bekor qilinib, shaxslarnining huquq va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan yangi notarial harakatlar joriy etildi.
Ushbu islohatlar samarasi o‘laroq, O‘zbekiston notariat tizimi Ittifoq a’zoligiga qabul qilishning birinchi va ikkinchi bosqichlardan o‘tganidan so‘ng, R. Bok boshchiligidagi Ittifoq delegatsiyasi joyiy yilning 22–24-sentabr kunlari mamlakatimizga tashrif buyurib, O‘zbekiston notariatida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuksak baholagan edi.
Ittifoq va unga a’zo davlatlar notarial palatalari bilan olib borilgan samarali muzokaralar va hamkorlik natijasida Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan O‘zbekistonni Ittifoq a’zoligiga qabul qildi.
Xalqaro Notariuslar Ittifoqiga a’zo bo‘lish nima uchun kerak?
Xalqaro Notariuslar Ittifoqi tashkil etilgan kundan boshlab 70 yillik davr mobaynida xalqaro maydonda muhim siyosiy o‘rinni egalladi.
Xususan, BMT, YUNESCO, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi, Yevropa Komissiyasi, Yevropa Parlamenti, Yevropa Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarda Ittifoqning manfaatlari namoyish etilmoqda.
Xalqaro Notariuslar Ittifoqiga a’zo bo‘lish milliy notariat tizimini rivojlangan davlatlar notariat tizimlari bilan bir qatorda bo‘lishini, notariuslar tasdiqlagan hujjatlar dunyo miqyosida shubhasiz tan olinishini ta’minlaydi.
Shuningdek, ushbu a’zolik mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yuksalishiga, xorijiy investorlarning sarmoya kiritishga bo‘lgan ishonchini oshishiga xizmat qiladi.

📹 2021-yil 27-noyabr — 4-dekabr kunlari qabul qilingan muhim qonunchilik hujjatlari bilan YouTube da tanishing.
👉Batafsil: https://youtu.be/1ViVkv768n0

YouTube
2021 yil 27 noyabr 4 dekabr kunlari qabul qilingan muhim qonunchilik hujjatlari
#qonunchilikdagiyangiliklar #Adliyavazirligi #haftadavomidaqabulqilingan
#Adliya_loyiha
Adliya vazirligi tomonidan "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Xususan, mazkur hujjatda notarial harakatlar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda:
● avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish
● avtomototransport ishonchnomalari
Batafsil infografikada👆
❗️Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d/53525
Muhokama 16-dekabrga qadar davom etadi.