ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi islohotlar davom etmoqda

2020-yilda respublikamizda qiymati 250 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 80 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2016—2021-yillar oralig‘ida meva va dukkakli mahsulotlar eksporti 2 baravar ortgan.

Yuqoridagi fikrlarimiz isboti o‘laroq, joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur sohaga oid qarori qabul qilinganligi, islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Fuqaro T.T. o‘zininig tanishi — A.A. ustidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etadi. Bildirishicha, fuqaro undan 10 000 AQSH dollari miqdorida qarz olib, uni o‘zaro kelishilgan vaqtda qaytarmagan. Boz ustiga, qarzdor pul olganlik haqidagi tilxatini ham tan olmayotganini ro‘kach qilgan. Ajablanarlisi shundaki, murojaatchi tilxat yozilgani, ammo undagi yozuvlar bir necha haftadan so‘ng o‘chib ketganini va aynan shu bois, fuqaro A.A. tilxat mavjudligini inkor etayotganini bayon qilgan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tergov organi tomonidan H.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga tegishlicha murojaat qilingan. Markazning Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari esa hattoki, ataylab o‘chirilgan belgi yohud yozuvlarni aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy uskuna yordamida tilxat mavjudligi, agar bo‘lsa, u aynan A.A.ga tegishli yoki yo‘qligini bilish maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi.

@adliyangiliklari
#meninghuquqim
#bolahuquqiuchun

✨Bugun, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Mehribonlik uylarining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

👉Batafsil
_____________

✨Сегодня, 26 ноября, в Министерстве юстиции для воспитанников домов «Мехрибонлик», обучающихся в 9—11 классах, организован тематический день «Менинг хукуким» («Мое право»), приуроченный к Всемирному дню ребенка.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Joriy yilning 27-noyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yunusobod hamda Uchtepa tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari yangi binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Yunusobod tumani aholi soni ko‘pchilikni tashkil etadigan poytaxtimizdagi katta tumanlardan biri hisoblanadi. Tumanda jami 319 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

R. Davletov Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazining zamonaviy binosidagi qurilish-montaj ishlari bilan tanishar ekan, binolarni barpo etayotgan investorlar bilan uchrashuvda zamonaviy binolarda xalqimizga sifatli va har tomonlama qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun O‘zbekiston jahon tillari universitetining axborot xizmati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalari Adliya vazirligining matbuot xizmati faoliyati yaqindan tanishdi.

Hozirgi vaqtda yosh kadrlarni tarbiyalash hamda ularni o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida amaliyot ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli Adliya vazirligi talaba yoshlar bilan doimiy ravishda aloqalar o‘rtanib, ular bilan yaqindan suhbat qurib va ularning muammolarini eshitib hamda o‘rganib kelmoqda.

Talabalarda ayniqsa adliya organlari tarixi muzeyi katta taassurot qoldirdi. Hayotlari davomida duch kelayotgan hujjatlarning bundan bir necha avvalgi nusxalari ko‘rib ular kecha yoki bugun paydo bo‘lmaganidan xabar topishdi.

Matbuot xizmatida ishlayman yoki qonunchilikni yoritaman degan mutaxassis albatta o‘zi faoliyat yuritadigan sohaga oid qonunchilikdan voqif bo‘lishi, ayniqsa qonunchilikni yoritishda sohaga oid yetarli bilimga ega bo‘lishi kerakligi tushuntildi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sunatillo Tojimurodovich Abdurasulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Abdurasulov 1984 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Sunatillo Abdurasulovni ushbu yangi lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

@adliyangiliklari