ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Adliya_xabari

Yo‘l harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonun bilan 5 ta modda sanksiyasi miqdori kamaytirilmoqda. Xususan, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganligi, pasport tizimi qoidalarini buzganligi, fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga “bluetooth”, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ruxsat berilmoqda.

Transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatish uchun javobgarlik bekor qilinmoqda, shuningdek, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan biometrik pasport (ID-kartasi) mavjud bo‘lgan taqdirda haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi talab etilmaydi.

❕Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan nizolar" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

🔹Xushnudbek Xudoyberdiyev – Huquqshunos, bloger;

🔹Shahnoza Soatova – Adliya vaziri maslahatchisi.

⏰Ovozli chat 19-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
​#Adliya_xabari

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Mazkur yangi tartibni belgilash to‘g‘risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

👉Batafsil
_____

#Сообщение_юстиции

Министр юстиции встретился с Советником ПРООН по вопросам коррупции и государственного управления

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizasi – Adliya vazirligi e’tiborida

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan viloyatidagi “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat unitar korxonasining 23 nafar xodimlarining ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmaganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida 2021-yil 1-oktyabr holatiga Namangan viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish DUKda ishlovchi 23 nafar xodimlarining ish haqlaridan jami 197 474 068 soʻm haqdorligi aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat

2021-yil 24-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

Mavzu: “Notariuslar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar”.

Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz. ga yuboring.

Anjuman “UzReport TV” hamda Youtube tarmogʻi orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2021-yil 24-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Notariuslar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etib, so‘ngi yillarda notariat sohasidagi muhim ishlar xususida ma’lumot berishdi.

👉Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=Vy-sODZaRHM

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Muammolarga huquqiy yechim topa olmayapsizmi?

Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilib borilmoqda.

Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

O‘z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉Batafsil: youtube.com/adliya

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Notariat sohasining elektronlashtirilashi muammolarni qanchalik hal etmoqda?

2021-yil 24-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Notariuslar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etib, so‘ngi yillarda notariat sohasidagi muhim ishlar xususida ma’lumot berishdi.

👉Batafsil
___________

Насколько решаются проблемы перевода нотариата в электронный формат?

24 ноября 2021 года Министерство юстиции организовало в Национальном пресс-центре Узбекистана пресс-конференцию на тему «Результаты мер по совершенствованию деятельности нотариусов».

В мероприятии участвовали должностные лица Министерства юстиции, которые рассказали о работе и реализованных мерах в сфере нотариата за последние годы.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ma’muriy hujjatlar og‘zaki, belgili, imo-ishora shaklida ham qabul qilinishi mumkin

2021 yil 24 noyabr kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonun loyihasi mazmuni va mohiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari