ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_muhim

📣Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi tomonidan respublika miqyosida ekologiyaga oid munosabatlarda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladigan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

📝 Soʻrovnomani o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning ekologiya sohasiga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ekologiya sohasidagi qonunchilikning ijrosi qay darajada ekanligini baholashdan iborat.

❗️Sizning ishtirokingiz kelgusida ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

👉So‘rovnomani to‘ldirish: https://tinyurl.com/rjc4e2hr

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yashil_makon

📹 Adliya vazirligida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasi tashkil etildi.

Adliya vazirligi xodimlari jamoaviy mehnat mobaynida 1000 yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

🌱Joylardagi adliya organlarida “Yashil makon” loyihasi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Notarial tartibda tasdiqlangan aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʻladi.

Batafsil
👉🏻http://www.minjust.uz/uz/press-center/news/102789/

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosiga mas’ul xodimlarni ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilash lozim

Adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev 2021-yil 17-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tashkil etilishi hamda bajarilishi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

👉Батафсил

@adliyangiliklari
#Test_sinovi

Bayroq haqida 10 savol

🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.

10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi. O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

➡️ Test savollarini ishlash uchun: http://t.me/QuizBot?start=GFvNGGt7

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Yo‘l harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonun bilan 5 ta modda sanksiyasi miqdori kamaytirilmoqda. Xususan, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganligi, pasport tizimi qoidalarini buzganligi, fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga “bluetooth”, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ruxsat berilmoqda.

Transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatish uchun javobgarlik bekor qilinmoqda, shuningdek, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan biometrik pasport (ID-kartasi) mavjud bo‘lgan taqdirda haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi talab etilmaydi.

❕Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan nizolar" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

🔹Xushnudbek Xudoyberdiyev – Huquqshunos, bloger;

🔹Shahnoza Soatova – Adliya vaziri maslahatchisi.

⏰Ovozli chat 19-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
​#Adliya_xabari

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Mazkur yangi tartibni belgilash to‘g‘risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

👉Batafsil
_____

#Сообщение_юстиции

Министр юстиции встретился с Советником ПРООН по вопросам коррупции и государственного управления

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizasi – Adliya vazirligi e’tiborida

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.