ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari #Yashil_makon

NAVOIY VILOYATI ADLIYA ORGANLARIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA 500 TUPDAN ORTIQ DARAXT KO'CHATLARI O'TQAZILDI!

Prezident tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasi Navoiy viloyatida chinakam umummilliy harakatga aylandi.

Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan adliya organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida viloyati yuridik texnikumida “Yashil makon” timbildingi tashkil etildi. Jamoaviy mehnat mobaynida 2 gektarli yer maydoniga 500 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

🌱Joylardagi adliya organlarida “Yashil makon” loyihasi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️ Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul bo‘yicha natijalar e'lon qilindi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2021/2022 o‘quv yili uchun kirish test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Natijalarni quyidagi ilovalar orqali bilib olish mumkin:

👉 yuridik texnikumlarga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abiturientlarning test sinovlari qaydnomasi;

📥 natijalarni yuklab olish

👉 yuridik texnikumlarga kirish uchun o‘tkazilgan tanlovni muvaffaqiyatli topshirib qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida o‘qishga tavsiya qilingan ko‘zi ojiz abiturientlarning tanlov qaydnomasi.

📥 natijalarni yuklab olish

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqarolar manfaatida sudlarga kiritilgan da'vo arizalari natijasida esa 5,8 milliard so‘m undirildi.

Fuqaroga 1,9 million so‘mdan ortiq qarzdorlik haqida xabar keldi... Bunday holatga duch kelayotganlar uchrab turadi. Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning e'tiborsizligi tufayli yuz berayotgan bunday holatlar esa huquqiy bahosini olganda, aybdor shaxslar jazosini oladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Davlat bayrog’ining tasviridan tijorat maqsadida foydalanish mumkin emas

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️Davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikeri:

Ruslanbek Davletov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri.

⏰Ovozli chat 12-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi hamda online translyatsiya qilinadi:

➖ Facebook: Adliya bilan muoqot
➖ YouTube: Adliya vazirligi

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_podkast

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast boshlandi.

Unda Adliya vaziri davlat boshqaruv sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritadi.

Shuningdek, Adliya vaziri muloqot davomida hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlayotgan holatlar boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtadi hamda fuqarolardan kelgan savollarga onlayn javob beradi.

🎧 👉 Strimga ulahish

📹 Onlayn translyasiya

▫️Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией

▫️Adliya vazirligi Ministry of Justice

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri davlat boshqaruv sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritadi. Xususan, Ruslanbek Davletov hukumat ixchamligi haqida o’z fikrini bildirdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashishda kompleks yondashuv muhimligini ta’kidlab o’tdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mehnat huquqlari himoyasi va kadrlar siyosati haqida savollarga javob berdi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bu davlat organlarining soni. Birgina qurilish sohasini nazorat qilishga 4 ta davlat organi mas`ul. Yoki mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga 8 ta alohida tashkilot mas`ul. Buni qaytadan ko`rib chiqish va optimallashtirish masalalari ko`ndalang turibdi".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ijtimoiy himoya tizimi borasida savollarga javob berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatlari markazlaridagi navbatlar bo'yicha o'z munosabatini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Bitta masala — bitta idora" tamoyilini amalga oshirish kerak. Ya`ni fuqaro idoraga murojaat qilganida idora shunday funksiyalarga ega bo`lishi kerakki, toki bir o`zi fuqaroning masalasini to`liq hal qila olsin".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini oshirish bo'yicha o'z munosabatini bildirdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari borasidagi masalalar boʻyicha audio podkast davom etmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov: "Hozirgi kunda chet tillarini bilmaslik madaniyatsizlikka kiradi".

@adliyangiliklari
​#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

❓O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasida qanday masalalarni hal etish lozim?

Birinchidan, davlat organlari ixcham bo‘lishi kerak dedik. Bu nima degani?

Har bir organ o‘ziga yuklatilgan vazifani qiladigan, funksiyalari takrorlanmaydigan, davlat organining har bir xodimi faqat o‘ziga yuklatilgan ishni bajaradigan va o‘shanga oylik oladigan tizim kerak. Organlar soni ham muhim.

Shveytsariya hukumati a’zolari surati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p aylanadi. Unda 8 ta vazir suratga tushgan va bu Shveytsariya hukumatining ixchamligini ifodalaydi deb o‘ylashadi. Aslida, ularda 70 dan ortiq davlat organlari bor. Ya’ni vertikallashuv kuchaytirilgan. Masalan, atrof-muhit, transport va energetika vaziri bitta, mudofaa va sport vazirligi, iqtisodiyot, ilm va fan-ta’lim – bitta vazirlik. Har bir vazirlikka bir nechta sohalar biriktirilgan va u portfel vazirlar qo‘liga berilgan. Ya’ni suratda ko‘ringani darajada hukumat ixcham emas. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda surat bekorga aylanmayapti – bu signal! Ya’ni biz ixchamlashtirish borasida hali ko‘p ishlashimiz kerak.

Biz inspeksiyalar faoliyatini tahlil qildik. Ko‘pining faoliyati shaffof emas. Masalan, bitta qurilish sohasiga 4 ta davlat organi, mahsulotlar sifatiga 8 ta davlat organi mas’ul. Bu holda natija yaxshi bo‘lmaydi, aksincha, yomonlashadi. Har bir organ o‘zicha talablar qo‘yadi va o‘zicha natija ko‘zlaydi. Shu sababli ushbu organlarni optimallashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

Ikkinchidan, “bitta yo‘nalish uchun bitta davlat organi” tamoyili asosida ishlash kerak. Fuqaro ma’lum masala bo‘yicha davlat organiga murojaat qilganda, organ shu masalaning barcha jihatlarini ko‘rishi, qamrashi va hal qila olishi kerak.

Ma’muriy apparatning kattaligi hamma narsaga ta’sir qiladi. Bu yerda soliq to‘lovchining puli ishlatilyapti. Resurslarni oqilona sarflash bo‘lmasa, harakatlar samarasi pasayaveradi.

Uchinchidan, nomarkazlashtirish siyosatini yanada rivojlantirish. Ilgari eslasangiz, birgina dorixona yoki ta’lim markazini tashkil etish uchun ham hududlardan markazga kelib ruxsat olish kerak edi.

Hozir bu barham topdi. Lekin baribir hamon markazlashtirish kuchli. Mas’uliyatni hududlarning o‘ziga berish kerak. Ya’ni ma’lum hudud aholisining hayotiga taalluqli masalalar o‘sha joyning o‘zida hal qilinsin. Bizga to‘g‘ri nomarkazlashirish juda zarur.

To‘rtinchidan, davlat organlari va davlat xizmatchilarining o‘z funksional vazifalaridan boshqa ishlar bilan shug‘ullanishi. Ya’ni bir sohaning resurslarini boshqa sohaga safarbar qilish hech qachon o‘zini oqlamaydi. Qisqa muddatli natijani deb istiqbolni boy berishga olib keladi.

Misol sifatida qishloq xo‘jaligini keltirish mumkin: paxta terishga ta’lim, hokimiyatlar, davlat organlari xodimlarini jalb qilinganda, ularning o‘z ishlari qolib ketadi, natijada o‘sha sohaga doir muammolar ko‘payadi va ularni hal qilish qiyinroq hamda qimmatroq bo‘ladi.

Beshinchidan, mehnat unumdorligi masalasi. Ish vaqtidan samarali foydalanish dolzarb. Biz davlat xizmatchisi sifatida byudjetdan oylik olayapmiz, ya’ni xalq to‘lagan soliqlardan. Har bir soatimiz uchun ma’lum miqdorda maosh olamiz. Demak, ish vaqtidan unumli foydalanishimiz kerak. Bir olim aytgan: “Daqiqaning qadrini bilmagan, soatning ham, kunning ham, yilning ham qadriga yetmaydi”.

Xususiy sektorda biznes buni allaqachon qo‘llay boshlagan, chunki tadbirkor ish beruvchi xodimning soatiga pul to‘lar ekan, u soatni to‘liq ishga bag‘ishlashini istaydi va bu qonuniy talab.

Davlat rahbari tomonidan davlat tashkilotlarida majlislarni kamaytirish to‘g‘risida topshiriqlar bo‘ldi. Lekin ayrim tashkilotlarda majlislar ish qilayotganini ko‘rsatish vositasiga aylanib qolgan. Yoki ish vaqtida oshga borish, tug‘ilgan kunlarni nishonlash, turli tadbirlar uyushtirishga kamida 2 soat ketadi.

Bu soatlarga xalq pul to‘layapti. Bu asli xalq mulkiga xiyonat. Biz kamroq gapirib ko‘proq ishlashimiz kerak.

@adliyangiliklari
​#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

❓Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi chora qaysi?

Ko‘pchilik o‘lim jazosi deydi. Qonun ustuvorligi yuqori va korrupsiya darajasi past davlatlar qonunchiligini ko‘rsangiz, birontasida o‘lim jazosi yo‘q. Ular zamonaviy, madaniy usullar bilan bu natijalarga erishgan. Hamma Singapurni misol keltiradi. Singapurda korrupsiya uchun eng yuqori qamoq muddati 7 yilgacha qilib belgilangan. Bizda esa 15 yil, lekin korrupsiya ko‘rsatkichi yuqori. Ko‘rinadiki, gap jazoning katta-kichikligida emas, muqarrarligida. Jazo kattayu kichik baliqlarga birdek muqarrar bo‘lishi kerak.

Oyliklarni ko‘tarish-chi, chora bo‘la oladimi? Qisman, ammo mutlaq emas. Bu korrupsiya ko‘rsatkichini kamaytirishi mumkin. Lekin nohalol xodimlarga nisbatan ish bermaydi. Li Kuan Yu aytadi: “Men muttaham xodimlarga ko‘p oylik bersam, ular ko‘p oylik olib ham muttahamligini qilaveradi”. Shuning uchun oyliklarni oshirish bilan birga, ish jarayonlarni tahlil qilib borish va qat’iy tozalash ishlarini olib borish lozim.

Masalan, biz notariat sohasida oyliklarni oshirish bilan birga talabni ham qattiq qo‘ydik, ya’ni “agressiv kadr siyosati”ni olib bordik. Bu obrazli qilib aytganda “boshini shart olib tashlash” degani.

Xususan, FHDYO tizimi hokimiyatdan bizga o‘tgach, xodimlarni ochiq-shaffof attestatsiya qildik, shunda ayrim hududlarda hattoki 50 foiz xodim attestatsiyadan o‘tolmadi. Bu jarayonda ko‘p ta’na-yu noroziliklar bo‘ldi bizga nisbatan, lekin tizimni tozalash yo‘lida prinsiplarimizda qat’iy turdik. Nohalol xodim ishlagandan ko‘ra o‘sha joy bo‘sh turgani yaxshi. Notariatda, davlat xizmatlari sohasida ham shu yo‘lni tutdik.

Ko‘plar diniy ta’lim bersak, halol haromni o‘rgatsak, korrupsiya chekinadi deydi. Lekin diniy ta’limni tug‘ilganidan miyasiga quyadigan davlatlarni ko‘rsak, ularning korrupsiyaga qarshi kurash natijalari havas qilarli emas. Biz buni o‘rganganmiz, tahlil qilganmiz, diniy voizlarni jalb etganmiz, ular ma’ruzalar qilishgan. Bu ham ma’lum bir qatlamga, ma’lum bir jarayonda ta’sir qiladi.

Shuningdek, madaniyat va milliy mentalitet ham korrupsiyaga ta’sir qiladi. Urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, traybalizm kabi omillarning salbiy ta’sirini rad etolmaymiz. Demak, rivojlanishimizga salbiy ta’sir qiladigan odatlar bo‘lsa, ulardan voz kechish kerak. Mana, to‘ylardagi odatlarni xalqning o‘zi ham tanqid qiladi, odamlar o‘zi ham bu urf-odatlardan norozi-ku. Xitoyda ham siyosatchilar prokuror, sudyalar va advokatlar orasida norasmiy munosabatlar borligini tan olib, umuman shu insonlar uchun shaxsiy munosabatlarni taqiqladi.

Demak, muammoni tan oldi va shunga qarshi zarba berdi.

Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashda konkret bitta usul samarali deyish noto‘g‘ri. Hukumat bu masalaga institutsional, tizimli va kompleks yondoshishi, katta ijtimoiy tadqiqotlar qilinishi, institutlar ishlashi kerak. Ya’ni muammo ilmiy yondashilgan holda hal etilishi muhim.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Unumdorlik juda katta masala. Masalan fuqarolik ishlari bo‘yicha bitta sudyaga bir oyda o‘rtacha 170 ta ish to‘g‘ri keladi. Nega nizolar bunchalik ko‘p? Biz har bir sudga qo‘shimcha qilib yana 10 ta shtat bersak ham sudlardagi bu ish yuklamasini kamaytira olmasligimiz mumkin. Biz nizoga olib kelayotgan holatlarni tahlil qilib, nizoni kamaytirishimiz kerak".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari