ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Davlat xizmatlari islohoti: 2027–2030-yillar uchun yangi bosqich


📌Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarning keyingi bosqichiga oid ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

💬 Mazkur davra suhbatida adliya vaziri o‘rinbosari Nuʼmon Muxammadiyev ishtirok etib, 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Davlat xizmatlari ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqishda sohaning huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash, ichki jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, reestrlarga asoslangan “bir marta taqdim etish” tamoyiliga o‘tish hamda barcha fuqarolar uchun teng va inklyuziv sharoitlar yaratish muhim ekanligini ta’kidladi.

📝Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, uning ochiqligi, shaffofligi va aholi uchun qulayligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda respublika bo‘ylab 208 ta Davlat xizmatlari markazi faoliyat yuritmoqda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi elektron xizmatlar soni 900 taga yetdi.

‼️ Davra suhbati davomida ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar va tavsiyalar asosida 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan Davlat xizmatlari ko‘rsatish strategiyasi hamda uning harakatlar rejasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius bo'lish uchun tanlov bosqichlari qanday?


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2👍1
📢 #Adliya_xabari

Huquqiy islohotlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!


Qonunchilikdagi muhim islohotlar, davlat xizmatlaridagi qulayliklar va intellektual mulk himoyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy sahifalari orqali bilib oling!

Axborot asrida eng katta ustunlik — ishonchli va o‘z vaqtida olingan ma’lumot.

Bizni rasmiy sahifalarida kuzatib boring:
🔹 Adliya yangiliklari — qonunchilik va huquqiy islohotlar:
👉 t.me/adliyangiliklari 🔹
🔹Davlat xizmatlari — qulayliklar va amaliy tavsiyalar:
👉 t.me/davxizmat
🔹 Intellektual mulk — mualliflik huquqi, patent va brendlar himoyasi: 👉 t.me/adliyaimd

🌐 Boshqa rasmiy sahifalarimiz:
Veb-sayt | Instagram | Facebook | YouTube

O‘z huquqlaringizni biling — rasmiy manbalarga obuna bo‘ling!
❤1🔥1👏1
Konstitutsiyaga sayohat (2-qism): “Suverenitet tushunchasi”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mittivoy bilan birga O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy respublika ekani hamda davlatning xalq manfaatlariga xizmat qilishi haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉 ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
❤3
🏆 E’TIROF: ADLIYA VAZIRLIGI — RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBI!

⚖️ “Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovi”da Adliya vazirligi huzuridagi Huquq, arxiv va davlat xizmatlari sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi “Eng faol kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

📊 Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovda 28 ta vazirliklar, qo‘mitalar va uyushmalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 8 ta mezon asosida baholandi.

🔹 Tanlov milliy malaka tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan tashkilotlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori asosida Adliya vazirligida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi tashkil etilgan.
Kengash tomonidan o‘tgan davr mobaynida:
🔸 tarmoq malaka ramkasi ishlab chiqildi;
🔸 huquq, arxiv, komplayens, sud ekspertizasi va intellektual mulk sohalari bo‘yicha kasbiy standartlar hamda malakani baholash vositalari ishlab chiqildi;
🔸 arxiv va yuridik sohalarda malakani baholash markazlari tashkil etildi;
🔸 Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Yuristlar assotsiatsiyasi hamda soha ekspertlari bilan hamkorlikda mehnat bozori monitoringi o‘tkazildi;
🔸 Estoniya, Fransiya, Yangi Zelandiya va Ruminiya kabi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganildi.


Mazkur ishlar zamirida uchta muhim savol mujassam:
❓ Bugun mehnat bozoriga qanday mutaxassis kerak?
❓ U qanday bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim?
❓ Uning haqiqiy kasbiy malakasini qanday xolis baholash mumkin?

🎯 Pirovard maqsad – shunchaki kasbiy standartlarni ishlab chiqish emas, balki zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, raqobatbardosh va o‘z kasbining yetuk egasi bo‘lgan mutaxassislarni shakllantirishga munosib hissa qo‘shishdir.

👏 Mazkur e’tirof – Adliya vazirligi jamoasi, tarmoq kengashi a’zolari va soha mutaxassislarining hamjihatlikdagi mehnatining munosib bahosi hamda kelgusida yanada yuksak natijalarga erishish yo‘lidagi katta mas’uliyatdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥2👏2
#Xaqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
 
Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov hamda Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Tadqiqot va trening instituti prezidenti Kitaoka Katsuya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik izchil rivojlanayotgani, bunda 2019-yil 13-martda adliya vazirliklari o‘rtasida imzolangan “Hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum asosida bir qator ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Xususan, hamkorlik natijasida 2024-yilda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning ayrim prinsiplariga oid tushuntirishlar va amaliy misollarni o‘z ichiga olgan qo‘llanma chop etildi.

Joriy yilda esa mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida ma’muriy aktlar va ularning qonuniyligi, ma’muriy hujjatlar, ma’muriy shikoyat hamda diskretsion vakolat masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi qo‘llanma nashrga tayyorlanmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik aloqalari davom etishiga kelishdilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2